Detektiv adabiyot jozibasi: syujet dinamikasi va inson psixologiyasining badiiy tahlili 4 - b e t O‘zbek xalq maqollarida “mehmondo‘stlik” konseptinining ifodalanishi 69 - b e t Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatishda etnopedagogik yondashuvni qo‘llash metodikasi 153 - b e t Формирование стилистической компетенции у студентов-филологов 145 - b e t Ushbu sonda НАУЧНОМЕТОДИЧЕСКИЙ ЭЛЕКТРОННЫЙ ЖУРНАЛ МИНИСТЕРСТВА ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKA ФИЛОЛОГИЯ И ПЕДАГОГИКА SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL ELECTRONIC JOURNAL OF THE MINISTRY OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 2025-yil 6 (10)-son PHILOLOGY AND PEDAGOGY O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNALI “Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan e-ISSN 3060-4885 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashr. 10.00.00 – FILOLOGIYA Baxtiyor Mengliyev Toshkent Amaliy fanlar universiteti tadqiqotchi-professori, �ilologiya fanlari doktori Baxtiyor Doniyorov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon �iliali professori, �ilologiya fanlari doktori Аnatoliy Lixodziyevskiy O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, �ilologiya fanlari doktori Оksana Gibraltarskaya O‘zbekiston Milliy universiteti professori, �ilologiya fanlari doktori Sherzod Atamuradov �ilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ranusha Atayeva O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchisi, �ilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mohichexra Boltayeva O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax �iliali dotsenti, pedagogika fanlari doktori MAS’UL MUHARRIR Shahobiddin Rasulov MUHARRIRLAR: Emma Torosyan Nargis Bobоdjanova Nargiza Sotvoldiyeva Muxlisa Do‘stmuhamedova SAHIFALOVCHI Gulnoza Valiyeva Tahririyat manzili: 100011, Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi 30-uy. Telefon: (55) 510-28-44, (77) 358-57-67 e-mail: til_adabiyot@umail.uz veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz Materiallar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi. Elektron jurnal 25.06.2025 da nashr etildi. MUASSIS O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Til va adabiyot ta’limi” davlat korxonasi 13.00.00 – PEDAGOGIKA Qozoqboy Yo‘ldoshev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Gulnora Mansurova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, falsafa fanlari doktori Xadicha Muxitdinova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori G‘o�ir Hamroyev Toshkent Amaliy fanlar universiteti tadqiqotchi-professori, pedagogika fanlari doktori Sevara Ziyayeva O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, �ilologiya fanlari doktori Indira Narkulova O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori TAHRIR HAY’ATI: Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farhod Boqiyev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Farrux Jabborov “Til va adabiyot ta’limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali bosh muharriri НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЙ ЭЛЕКТРОННЫЙ ЖУРНАЛ МИНИСТЕРСТВА ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKA ФИЛОЛОГИЯ И ПЕДАГОГИКА SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL ELECTRONIC JOURNAL OF THE MINISTRY OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 2025-yil 6 (10)-son PHILOLOGY AND PEDAGOGY O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNALI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 19-avgustda 360240-raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. e-ISSN 3060-4885 2 t.me/TAT_jurnal 2025-yil 6-son M U N D A R I J A 10.00.00 – FILOLOGIYA Firuz Soliyev. Detektiv adabiyot jozibasi: syujet dinamikasi va inson psixologiyasining badiiy tahlili..............................................................................4 Sayyora Halimova. Milliy matbuot – millatning tili, bosh islohotchisi .............................................................................................................................................6 Ikromjon Xabibjonov. O‘zbek tilida iqtisodiyotga oid terminlarning jarayon o‘xshashligi asosida yuzaga kelish mexanizmlari ..........................8 Dilnoza Xamroyeva. Abdulla Sher ijodida badiiy san’atlarning o‘rni...............................................................................................................................................10 Sohiba Ro‘zmetova. Ingliz va o‘zbek adabiyotida uyg‘onish davri (Alisher Navoiy, Shekspir va Chauser ijodi misolida) ........................................11 Oygul Axmedova. Turkiston viloyati Qarnoq qishlog‘ida yashovchi mahalliy o‘zbeklarning xalq og‘zaki ijodi ..........................................................13 Mubina Abbosova. Bobur – bunyodkor va ma’rifatparvar shaxs.......................................................................................................................................................15 Farruxbek Olim. XV asr madaniy muhiti va zamon ijodkorlarining Alisher Navoiy faoliyatida tutgan o‘rni .................................................................17 Dilorom Karimova. The investigation of the issues surrounding life and death in Uzbek literature ..............................................................................19 Ra’no Aliqulova. Saida Zunnunova she’riyatida lirik kechinmalar talqini .....................................................................................................................................21 Вазира Раббимкулова. Графический образ иноязычного слова в современных русских текстах ............................................................................22 Гульнора Мансурова, Нафиса Игамназарова. Пушкин – гениальный поэт, философ и переводчик (к 226-летию со дня рождения) ... 24 Арзайым Ибрагимова. Фоностилистика: речевая динамика и звуковая вариативность в зависимости от индивидуальных особенностей ....................................................................................................................................................................................................................26 Нигора Кулдошева. Сравнительный анализ учебно-научной лексики английского и узбекского языков: семантика, стиль, статистика и интерференция ....................................................................................................................................................................................28 Марвар Шарафутдинова. Влияние жизни на поэзию Анны Ахматовой и Зульфии в контексте женской поэзии ............................................ 30 Дильбар Раджабова. Хронотоп дороги в романе А.Волоса «Возвращение в Панджруд» ...........................................................................................32 Нуржамал Сапарова. Номинацентрические пословицы как средство межкультурного обучения в системе преподавания русского и казахского языков ........................................................................................................................................................................................35 Диана Шарапова. Природа как выражение внутреннего мира лирического героя в художественном пространстве М.Цветаевой ....37 Шахло Эшниёзова. Поколение шестидесятников и его влияние на эволюцию литературных направлений во второй половине XX– начале XXI века ...............................................................................................................................................................................................38 Iqbol Koziyeva, Lyanora Qo‘yliboyeva. Abdulla Qahhorning “Bemor” asaridagi turdosh otlarning etimologik tahlili .............................................41 Gulfuza Madirimova. Alisher Navoiyning “Badoye ul-bidoya” devonidagi muraddaf g‘azallar tasnifi .............................................................................42 Mamlakat Mamadaliyeva. Omonulla Madayev qarashlarida maqollarning badiiy va didaktik ahamiyati ....................................................................44 Malohat Jalaldinova. Inson ruhiyatida psixologik realizmning badiiy talqini ............................................................................................................................46 Marjona Toshpo‘latova. Talmeh san’ati va u haqdagi nazariy fi krlar tadqiqi ...............................................................................................................................49 Gulinor Xolmurotova. Ulug‘bek Hamdamning “Isyon va itoat” romanida ustoz obrazining badiiy talqini ....................................................................51 Mubina Abbosova. Zahiriddin Muhammad Bobur fenomeni .............................................................................................................................................................52 Munisa Abduazizova. O‘zbek tilida “keksalik” va “yoshlik” konseptlarining lingvomadaniy voqelanishi ........................................................................54 Shamsiya Atoyeva. “Majolis un-nafois” va “Hasht behisht” tazkiralarida davr sultonlari vasfi ............................................................................................56 Naziraxon Murodova. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida metaforik enantiosemiya...........................................................................................................................58 Munisa Xodjayeva. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida frazeologik pragmalingvistikaning leksik-semantik xususiyatlari .......59 Shahnoza Xo‘janiyazova, Gulbahor Umarova. Alisher Navoiyning manoqib asarlarida oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi semalar ..................61 Bobir Maxammadov. Turk tilidagi Microsoft Windows operatsion tizimi terminlarining semantik xususiyatlari......................................................63 Furqat Alimardonov. Huquqiy mavzularni yoritishda bloglar va rasmiy saytlar uslubidagi farqlar .................................................................................65 Dildora Saidova. Cho‘lpon lirikasida xalqchillik va tabiat uyg‘unligining aks etishi ...............................................................................................................67 Iroda Usmonova. O‘zbek xalq maqollarida “mehmondo‘stlik” konseptinining ifodalanishi..................................................................................................69 Marjonabonu Ibroximova. Qahramonlik dostonlarida epik diffuziya.............................................................................................................................................71 Bahora Avazberdiyeva. Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasidagi so‘zlarning lingvopoetik xususiyatlari.........................................74 Saida Kadirova. Termalarning mavzu qamrovi va ijtimoiylashuv jarayonlari .............................................................................................................................76 Dildora Ibragimova. Isajon Sultonning “Robiya Balxiy” qissasida tarixga yondashuv tamoyillari ....................................................................................78 Gulmira Ravshonbekova. Abdulla Oripov nazmida ishqqa falsafi y munosabat va muhabbat tasviri ..............................................................................80 Shaxnoza Qarshiyeva. O‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning qiyosiy etimologiyаsi ..................................................................................82 Shoira Xadjiyeva. Chet tilini o‘rganishda konseptual metaforaning ahamiyati .........................................................................................................................84 Marg‘uba Abdullayeva. Davr asarlarida boburiy malikalar..................................................................................................................................................................87 www.tilvaadabiyot.uz 3 2025-yil 6-son Ra’no Uzoqboyeva. Ingliz tilida arabizmlarning frazeologik sathda qo‘llanishi ........................................................................................................................90 Liliya Komilova. Ethical literary criticism as a separate method of interpreting literature, in the example of a work by Jodi Picoult (“My sister’s keeper”) ..............................................................................................................................................................................................................92 Dilora Akhmedova, Umida Tagayeva, Doston Pirnazarov. Exploring cultural differences in British and American English communication styles.........................................................................................................................................................................................................................93 Gulnoz Sadullaeva. Surrealism in children’s literature: imagination, emotionality, and psychological growth .........................................................96 13.00.00 – PEDAGOGIKA Xurshid Asrorov, Nargiza Asrorova. Ta’lim natijalari (Learning Outcomes)ga asoslangan xalqaro baholash dasturlarining didaktik imkoniyatlari............................................................................................................................................................................................................99 Sherjaxon Abdufatayev. O‘quvchilarda kompetensiyalarni rivojlantirishga innovatsion yondashuv............................................................................101 Madina Malikova. O‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini oshirishda hamkorlikdagi ta’lim texnologiyalari (ingliz tili misolida)..................104 Xurshid Asrorov. Kompetensiyaviy yondashuv va о‘quvchilarning bilimini baholash ..........................................................................................................106 Shokhsanam Usmanova. “Google classroom” platformasining yozma ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni: afzalliklar va cheklovlar........108 Munisa Tursunova. Pragmatic failures in efl learners’ argumentation literacy and implications for pedagogy ......................................................111 Muhаmmаd Ziyаtоv. Pedagogical technologies for using stretching-static exercises to develop fl exibility in preschool children ..............112 Nargiza Sodiqova. The role of proverbs in developing cross-cultural competence among young learners .............................................................114 Shohsanam Turg‘unova. Anxiety affects language acquisition among University EFL students .................................................................................... 117 Shakhnoza Murakayeva. Facilitating cross-cultural communication in english by developing vocabulary through blended learning approaches and adaptive digital technologies ................................................................................................................................................119 Husniya Raximova. Zulfi yaxonim – mehr-muhabbat va sadoqat timsoli .................................................................................................................................124 Oydin Mo‘minova. Talabalarning o‘zbek tili darslarida taqdimotdan foydalanishi................................................................................................................126 Muzaffar Muratov. Pedagogik yondashuv: sport gimnastikasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari estetik tarbiyasidagi o‘rni ...........................128 Qarshiboy Sattarov. Sportning yengil atletika turlari orqali jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish metodlari..................................................130 Ilhom Normaxmatov. Zamonaviy ta’limda jismoniy tarbiya fani orqali o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish metodlari ........................132 Zulayho Negmatova. Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish ..................................................................................................133 Малика Абдуллаева, Жамиля Бекманова. Социальная адаптация детей с расстройствами аутистического спектра ................................136 Барно Атаджанова. Использование технологии STEAM в обучении русскому языку в техническом вузе .....................................................138 Альфия Галямова. Невербальные компоненты вербальной агрессии .................................................................................................................................139 Малика Зафарова. Об основных аспектах развития видов речевой деятельности студентов на занятиях по английскому языку ....141 Ирина Морозова. Реализация воспитательного процесса на занятиях в высших образовательных учреждениях ....................................143 Елена Лагай. Формирование стилистической компетенции у студентов-филологов ...................................................................................................145 Гулжахан Туребекова. Математическое развитие как важное направление развития детей дошкольного возраста ................................147 Назокат Файзуллаева. Современные педагогические технологии на занятиях по английскому языку в военно-академических лицеях РУз .....................................................................................................................................................................................................149 Феруза Худайкулова. Подвижные игры на свежем воздухе для детей дошкольного возраста .............................................................................151 Zulayho Negmatova. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatishda etnopedagogik yondashuvni qo‘llash metodikasi..........................................153 Shuhrat Axmedjanov. Jismoniy tarbiya va pedagogikaning uyg‘unligi (voleybol o‘yini misolida)..................................................................................155 Shaxodat Obidova. 8–9-sinf o‘quvchilari uchun tanqidiy o‘qish materiallarini tanlash tamoyillari ..............................................................................157 4 t.me/TAT_jurnal 2025-yil 6-son 10.00.00 – FILOLOGIYA Firuz SOLIYEV, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” markazi kafedra boshlig‘i DETEKTIV ADABIYOT JOZIBASI: SYUJET DINAMIKASI VA INSON PSIXOLOGIYASINING BADIIY TAHLILI Annotatsiya . Detektiv janrning badiiy adabiyotda tutgan o‘rni haqida turli fi kr va qarashlar mavjud. Ushbu maqolada bu turdagi asarlarning o‘ziga xosligi va badiiy xususiyatlarini tahlil qilish asosida janrga bo‘lgan munosabat hamda o‘quvchilar orasida ommabopligining sabablari aniqlanadi. Kalit so‘zlar : janr, tergov, syujet, tasvirlash usuli, ijtimoiy muammolar, jumboq, badiiy ifoda. Annotation . There are various opinions and perspectives on the role of the detective genre in literature. The article identifi es attitude towards the genre and the reasons for its popularity among readers based on the analysis of genre specifi cs and its artistic features. Keywords : genre, investigation, plot, method of depiction, social problems, riddle, artistic expression. Аннотация . Существуют различные мнения и точки зрения на роль детективного жанра в художественной литературе. В данной статье на основе анализа специфики и художественных особенностей произведений данного типа определены отно- шение к жанру, а также причины его популярности среди читателей. Ключевые слова : жанр, расследование, сюжет, метод изображения, социальные проблемы, загадка, художественное выра- жение. Adabiy tafakkur taraqqiyoti davomida badiiy meros va qadriyatlarni qayta baholash, badiiy asarlarni yaratishdagi yondashuv va uslublar muntazam ravishda takomillashib boradi. Adabiy taraqqiyot jarayoni ham uzluksiz ravishda yangilanish, estetik mezonlarning o‘zgarishi va badiiy tafakkurda yuzaga kelayotgan yangi tendensiyalar bilan boyib boradi. Adabiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan adabiy janrlar ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchraydi. Kompozitsion qurilish, badiiy tasvir tamoyillari, bayon qilish, ifoda vosita va usullari hamda hayotiy qamrov chegaralarining takomillashuvi va kengayishi natijasida yangi adabiy janr yuzaga keladi. Bunga detektiv janrning rivojlanish tarixi yorqin misol bo‘la oladi. Detektiv janr shakllanish tarixi mobaynida adabiyotshunoslarning ko‘plab bahs va munozaralariga sabab bo‘lgan. Xususan, adabiyot va madaniyatda tutgan o‘rni va salmog‘i borasidagi qarashlar mavhumligicha qolmoqda. G.Anjaparidzega ko‘ra, “Detektiv janrning madaniyatda o‘z egallagan o‘rni bo‘lib, boshqa hech qanday adabiyot uning o‘rnini bosishga qodir emas” [1: 279]. Yana bir mashhur olim Frimanning ta’biricha, “Detektiv janr hikoyalari realistik mafkura bilan sug‘orilgan bo‘lib, unda har bir hodisa yagona ma’no kasb etadi va syujet manzarasida ma’no tebranishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha, asar yakunlangani sari ma’no tobora oydinlashib boraveradi” [2: 28]. Detektiv janr va unga asos solinishida biz Viktoriya davriga xos ingliz madaniyati, turmush tarzi, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar tasviriga duch kelamiz. Gavjum shahar aholisi orasida tartibsizlik va ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal qilish uchun Londonda tashkil qilingan politsiya mahkamasi va mustaqil faoliyat yurituvchi shaxsiy izquvarlar siymosi janrning markaziy g‘oyasi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga sanoat inqilobi va kishilar orasida iqtisodiy muammolar fonida shakllangan ziddiyat, jinoyat, kelishmovchilik va tartibsizliklar detektiv hikoya mantiqiy rivojiga turtki bo‘ldi [3: 7]. Ma’lumki, Viktoriya davrida jamiyatning turmush tarzi, fan va texnologiyaga qiziqishi, jinoyat va qonunbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarning gazeta sahifalarida keng yoritilishi natijasida, g‘ayrioddiy jinoyatlar ommaning e’tiborini tortdi. Bu holat asta-sekin xalq orasida mashhur bo‘lgan alohida badiiy janrning shakllanishiga zamin yaratdi. Detektiv janrning adabiyotga kirib kelishida ingliz ijodkori G.Chesterton muhim o‘rin egallaydi. Uning asarlarida sirli jinoyatlarni tergov qiluvchi o‘ziga xos badiiy qahramon – ruhoniy-izquvar Braun ota obrazi janrning shakllanishiga turtki bo‘ldi [4: 16]. Ushbu janr asrlar davomida kitobxonlarning sevimli adabiy yo‘nalishi bo‘lish bilan bir qatorda, zamon bilan hamnafas tarzda o‘zgarib turishi, ammo o‘zining asl mohiyati – sirlilik, g‘ayritabiiylik va mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan mazmunini saqlab qolgan. Ushbu adabiy janrning ommalashuviga qator omillar sabab bo‘lgan. Asosiysi, jinoyat tushunchasi va uning oqibatlari hisoblanadi. Jinoyat, uning tarkibi va ishtirokchilari hamda jumboqni oshkor qilish jarayonining badiiy va adabiy talqini kitobxonlarga haqqoniy jinoyat manzarasini to‘laqonli anglash va o‘zini tergovchi sifatida his qilish imkonini beradi. Natijada o‘quvchi sirli va sarguzashtlarga boy voqealar zanjiri qurshovida qoladi. “Detektiv hikoyaning yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, sodir bo‘layotgan voqealar tartibi va shartlari o‘quvchiga ma’lum qilinmaydi. Kitobxon bilishi kerak bo‘lgan barcha tafsilotlar asar yakunida taqdim etiladi. Aynan shu sabab detektiv janr o‘quvchisi asar qahramonlari va muallif bilan birga butun tergov jarayonida o‘z aqliy tafakkuri va mantiqiy mulohazasini ishga solib sirli jumboqni yechishga jalb qilinadi” [5: 244]. O‘qish jarayonining har bir bosqichida kitobxonda o‘z taxmin va xulosalarini taqdim etish, faktlarni o‘zicha tahlil qilish, shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon qilish imkoniyati tug‘iladi. Shu tariqa mantiqiy tahlilga asoslangan murakkab syujet va www.tilvaadabiyot.uz 129 2025-yil 6-son 13.00.00 – PEDAGOGIKA tahlil qilish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun samarali metodik yondashuvlarni tavsiya qilishdan iborat. Sport gimnastikasi – nafaqat jismoniy faollikni oshiruvchi, balki bolalarning ichki dunyosini boyituvchi estetik ta’sirga ega sport turi. Boshlang‘ich sinfdagi bolalar uchun tanani moslashtirish, ritmik harakatlar, moslashtirilgan mashqlar juda muhim. Har bir harakat nafaqat mushaklarni, balki sezgi, tafakkur va his qilish qobiliyatini ham shakllantiradi. Pedagogik nuqtayi nazardan olganda, gimnastika mashg‘ulotlari bolalarda xatti-harakatlarning go‘zalligi, muvofi qligi, intizom va didli harakatlarni shakllantirish vositasidir. Sport gimnastikasining estetik tarbiyadagi o‘rni faqat tanani chiroyli boshqarish bilan emas, ichki madaniyatni shakllantirish bilan ham o‘lchanadi. Estetik didi shakllangan bola nutqida, kiyinishida, darsga munosabatida, muomalada boshqalardan ajralib turadi. Bu esa jismoniy tarbiya vositalari orqali erishiladigan ko‘p qirrali pedagogik natijalardan biridir. Ilmiy-pedagogik izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sport gimnastikasi orqali estetik tarbiya faqat tanaga emas, balki ruh va hissiyotga ham ijobiy ta’sir qiladi. Harakatlar mazmunini ongli anglash, ularni estetik niyat bilan bajarish bolaning psixologik barqarorligini mustahkamlaydi, yoshlarni diqqatni jamlash, emotsional holatni nazorat qilishga o‘rgatadi. Demak, hozirgi raqamli muhitda o‘quvchilarning passiv holatda bo‘lishiga qarshi faol vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Zamonaviy tadqiqotlar bu sportning bolalarda psixomotor rivojlanish, makon va vaqtni his qilish, koordinatsiyani nazorat qilish hamda badiiy ifoda vositalarini o‘zlashtirishda samarali vosita ekanini ko‘rsatmoqda. Xususan, musiqiy gimnastika mashqlarini joriy etish orqali harakatlar texnik va estetik mezonlarga asoslangan holda shakllantiriladi. Estetik tarbiyada o‘qituvchining yondashuvi ham muhim rol o‘ynaydi. Harakatlar mazmunini tushuntirish, his qilishni rag‘batlantirish, ijobiy baholash orqali bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash mumkin. Shu bilan birga, individual yondashuv, yoshga mos yuklama va ijodiy ifoda imkoniyatlari taqdim etilishi zarur. Darslarda musiqiy fon yaratish, rangli anjomlar hamda ko‘zgudan foydalanish bolalarning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi va estetik ta’sirni oshiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari estetik tarbiyasida sport gimnastikasining samaradorligi, avvalo, bu sport turining harakatlar ifodadorligi, nafisligi va ichki intizomga asoslangani bilan belgilanadi. Bolalik davrida shakllanadigan harakat odatlari va jismoniy ko‘nikmalar o‘quvchining butun hayoti davomida unga xizmat qiladi. Ayniqsa, sport gimnastikasi orqali tarbiyalanadigan nafis harakatlar, tana holatini to‘g‘ri ushlab yurish, o‘zini nazorat qilish, muvozanatni saqlash kabi fazilatlar o‘quvchilarning ichki intizomi va tashqi ko‘rinishiga bevosita ta’sir qiladi. Estetik tarbiyada asosiy komponentlardan biri bu – ritm va uyg‘unlikni his qilishdir. Sport gimnastikasidagi harakatlar odatda musiqa ostida bajariladi [2].Bu orqali bolalar o‘z harakatlarini tashqi tovush bilan uyg‘unlashtirishga, ichki his-tuyg‘ularini harakat orqali ifoda etishga o‘rganadilar. Harakatlar orqali ifoda qilish, ya’ni harakat orqali “gapirish”, kichik yoshdagi bolalarda emotsional barqarorlikni rivojlantiradi va ijtimoiy muhitga moslashuvni yengillashtiradi. Shuningdek, sport gimnastikasi darslarida ko‘z bilan idrok qilish (vizual qobiliyat), kinestetik his-tuyg‘u, musiqiy eshituv va proprioseptiv sezgi faol ishtirok etadi. Bu jihatlar orqali bolalarning o‘z harakatlarini anglab, ularni badiiy jihatdan shakllantirish qobiliyatlari ortadi. Bu esa o‘z navbatida bolaning nafaqat jismoniy, balki estetik- psixologik rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogik nuqtayi nazardan, sport gimnastikasini estetik tarbiyada samarali qo‘llash uchun quyidagi yondashuvlar muhim hisoblanadi: • Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Har bir o‘quvchining individual harakat qobiliyati, his qilish darajasi va estetik sezgirligiga mos mashqlar tanlash. • Didaktik prinsiplarga asoslanish. Soddadan murakkabga, oddiydan murakkab ifodali harakatlarga bosqichma-bosqich o‘tish. • Qayta aloqa asosida mashq qilish. O‘quvchilarning o‘z harakatlariga baho bera olishi, o‘qituvchidan bevosita estetik tavsiyalar olish tizimini joriy qilish. • Ijodiy yondashuv. Gimnastika elementlarini sahnalashtirish, musiqali kompozitsiyalar yaratish orqali bolalarning estetik didini faol shakllantirish [3]. Sport gimnastikasi estetik tarbiyaning tabiiy shakllanishi uchun qulay muhit yaratadi, chunki u bolalarning tanasi bilan fi kr ifodalashi – kinestetik til orqali o‘zini anglashini qo‘llab-quvvatlaydi. Dastlabki sinf yoshidagi bolalar atrof- muhitni idrok qilishda asosan harakat, sezgi va his-tuyg‘ular asosida faoliyat yuritadilar. Shu bois sport gimnastikasi orqali bolalarda go‘zallikka bo‘lgan munosabat tabiiy va ongli ravishda shakllanadi. Estetik tarbiya, keng ma’noda, insonning didini, go‘zallikni ko‘ra olish qobiliyatini, unga erishishga intilishini shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Sport gimnastikasi darslarini yanada samarali tashkil etish uchun zamonaviy jihozlar (gimnastik matlar, ko‘zgular, musiqiy fon), rangli anjomlar va pedagogning estetikaga doir bilimlari muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, o‘qituvchining o‘zi estetik jihatdan namunali bo‘lishi – bolalar uchun kuchli rol modeli vazifasini bajaradi [4]. Sport gimnastikasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasida samarali vosita sifatida keng pedagogik imkoniyatlarga ega. U nafaqat bolalarning jismoniy rivojlanishiga, balki ularning harakat madaniyatini, o‘zini tutish qobiliyatini, go‘zallikka intilishini ham rivojlantiradi. Pedagogik yondashuvlar, zamonaviy uslublar, moslashtirilgan metodikalar orqali sport gimnastikasini estetik tarbiya vositasi sifatida yanada samarali qo‘llash mumkin. Buning uchun o‘qituvchilar ijodkorlik bilan yondashib, har bir bolaga individual e’tibor berishlari zarur. Estetik tarbiyani shakllantirish orqali esa biz barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim qadamlardan birini qo‘yamiz. 130 t.me/TAT_jurnal 2025-yil 6-son 13.00.00 – PEDAGOGIKA Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shermamatovich M., Yalgashevich K., Narkulovich S. The development of physical preparedness of student young people. Psychology and Education Journal, 2021, 58(1), 2699-2704. 2. Shermamatovich M.M., Tursunovna H.U., Zayniddinovich N.I., Boltayevich A.S., Yalgashevich K.S. Physical education of student youth in modern conditions. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 2021, 11(2), 1589-1593. 3. Shermamatovich M.M. Psychological Description Of Sport And Psycological Development Of Sportsmen. Eurasian Research Bulletin, 2023, 17, 7-9. 4. Shermamatovich M.M., Norkulovich S.K., Tursunovna H.U. Place and role of psychological and volitional trainingin the training process of students-boxers. World Bulletin of Management and Law, 2022, 8, 141-144. 5. Shermamatovich M.M., Boltaevich A. Interactive learning methods in the process of teaching physical culture. World Bulletin of Management and Law, 2022, 7, 99-100. Qarshiboy SATTAROV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi SPORTNING YENGIL ATLETIKA TURLARI ORQALI JISMONIY TARBIYANI SAMARALI TASHKIL ETISH METODLARI Annotatsiya . Ushbu maqolada sportning yengil atletika turlari orqali jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish metodlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘quvchilarni jismonan rivojlantirishda yengil atletikaning o‘rni va ahamiyati ta’kidlanadi. Shuningdek, samarali metodlar va innovatsion texnologiyalar yordamida tarbiya jarayonini yaxshilash yo‘llari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar : yengil atletika, jismoniy tarbiya, pedagogika, tarbiya metodlari, motivatsiya, samaradorlik, sport. Annotation . This article examines the methods of effective organization of physical education through track and fi eld. Based on modern pedagogical approaches, the role and importance of athletics in the physical development of students are emphasized. Also, ways to improve the educational process using effective methods and innovative technologies are analyzed. Keywords : track and fi eld, physical education, pedagogy, educational methods, motivation, effectiveness, sport. Аннотация . В данной статье рассматриваются методы эффективной организации физического воспитания посредством легкоатлетических видов спорта. На основе современных педагогических подходов подчеркивается роль и значение легкой атлетики в физическом развитии учащихся. Также анализируются пути улучшения воспитательного процесса с помощью эф- фективных методов и инновационных технологий. Ключевые слова : легкая атлетика, физическое воспитание, педагогика, методы воспитания, мотивация, эффективность, спорт. Jismoniy tarbiya ta’lim tizimida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sportning yengil atletika turlari ayniqsa jismoniy rivojlanishni ta’minlashda samarali vosita hisoblanadi. Yengil atletika – yugurish, sakrash, to‘p otish kabi asosiy jismoniy harakatlardan iborat sport turi bo‘lib, u nafaqat mushaklarni mustahkamlash, chidamlilikni oshirish, balki muvozanat va tezlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogika yondashuvlari yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning yosh va imkoniyatlariga moslashtirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarni interaktiv metodlar va raqamli texnologiyalar yordamida boyitish motivatsiyani oshiradi va jarayonni samarali qiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yengil atletika mashg‘ulotlarida individual yondashuvni qo‘llab, har bir o‘quvchining rivojlanish darajasini inobatga olishi zarur. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini muntazam tahlil qilish va rag‘batlantirish ham natijalarni yaxshilaydi. Shu tariqa, sportning yengil atletika turlari orqali jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish o‘quvchilarning sog‘lom va faol hayotga tayyorlanishida muhim omil hisoblanadi [1]. Yengil atletika mashg‘ulotlarida samaradorlikni oshirish uchun avvalo mashg‘ulotlarning rejalashtirilishi va tuzilishi muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlar bosqichma-bosqich, murakkablik darajasiga ko‘ra tartib bilan tashkil qilinishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda o‘quvchilar asosiy texnik harakatlarni o‘zlashtiradi, o‘rtacha bosqichda chidamlilik va kuchni oshirishga e’tibor qaratiladi, yuqori bosqichda esa raqobatga tayyorgarlik va individual ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Har bir bosqichda o‘quvchilarning holati va natijalari doimiy nazorat qilinib, zarurat bo‘lsa, mashg‘ulotlar tarkibi va intensivligi o‘zgartiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashda ko‘p qirrali mashqlar qo‘llaniladi. Yengil atletikaning yugurish, sakrash, to‘p otish kabi asosiy elementlarini harakatlarga kiritish nafaqat jismoniy kuch va chidamlilikni oshiradi, balki koordinatsiya, tezkorlik va muvozanatni ham rivojlantiradi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘yin va sport texnikalari bilan boyitilgan mashg‘ulotlar motivatsiyani oshirishga xizmat qiladi. Interaktiv o‘yinlar va musobaqalar jarayonga qiziqishni kuchaytiradi va o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantiradi. Pedagogik yondashuvlarning samarali bo‘lishi uchun www.tilvaadabiyot.uz 131 2025-yil 6-son 13.00.00 – PEDAGOGIKA o‘qituvchi nafaqat mashg‘ulotlarni professional tarzda olib borishi, balki psixologik qo‘llab-quvvatlashni ham ta’minlashi lozim. O‘quvchilar bilan individual suhbatlar, ularning qiyinchiliklarini tushunish va rag‘batlantirish motivatsiyani oshiradi. Shuningdek, guruh ichida hamkorlikni rivojlantirish, ijobiy raqobat muhitini yaratish o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshiradi [2]. Yengil atletika mashg‘ulotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash samaradorlikni oshiradi. Masalan, videotasvir orqali texnikani tahlil qilish, natijalarni elektron tarzda qayd etish o‘quvchilarning o‘z harakatlarini yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi. Bu usullar o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishini kuchaytiradi va mashg‘ulotlarni yanada interaktiv qiladi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiyani doimiylashtirish uchun o‘quvchilarning oilalari va jamiyat bilan hamkorlik qilish muhimdir. Ota-onalar va maktab jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlash, turli sport tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish o‘quvchilarning faol va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. Yengil atletika mashg‘ulotlarida pedagogik yondashuvlarning asosiy maqsadi o‘quvchilarda nafaqat jismoniy ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki ularni muntazam sport faoliyatiga qiziqtirishdir. Bu jarayonda o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olib, moslashuvchan dasturlar ishlab chiqishi lozim. Masalan, o‘quvchilarning yoshiga, jismoniy imkoniyatlariga va qiziqishlariga qarab mashg‘ulotlarning intensivligi va murakkabligini o‘zgartirish samarali bo‘ladi. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarda rag‘batlantiruvchi vositalardan keng foydalanish – maqtov, sertifikatlar, musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari motivatsiyani oshiradi. Yengil atletika turlari – yugurish, sakrash, to‘p otish – har biri o‘ziga xos texnik va pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, yugurishda to‘g‘ri nafas olish, oyoq va qo‘l koordinatsiyasi, yugurish tezligi va chidamliligi ustida ishlash muhim hisoblanadi. Pedagoglar bularni amaliy mashqlar, maxsus o‘yinlar va turli texnik mashqlar yordamida o‘rgatishadi. Sakrash mashqlarida esa ko‘p jihatdan muvozanat, kuch va koordinatsiyani rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. To‘p otish mashqlarida esa texnika va kuchni uyg‘unlashtirish, aniqlik va konsentratsiya ustida ish olib boriladi. Har bir tur uchun alohida metodikalar ishlab chiqilib, o‘quvchilarga to‘g‘ri va samarali yo‘nalish beriladi [3]. Yengil atletika mashg‘ulotlari nafaqat jismoniy tayyorgarlikni yaxshilaydi, balki o‘quvchilarda intizom, sabr-toqat, g‘alabaga intilish kabi tarbiyaviy sifatlarni ham shakllantiradi. Pedagogik jarayonda o‘quvchilarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash, ularning muvaffaqiyatlarini qadrlash va tan olish, shuningdek, muvaffaqiyatsizliklarga sabr bilan munosabatda bo‘lishlari uchun psixologik yordam ko‘rsatish katta ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. Innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qo‘llash jismoniy tarbiyani yangi bosqichga olib chiqadi. Masalan, video tahlillar yordamida texnikani mukammallashtirish, mobil ilovalar orqali mashg‘ulotlarni boshqarish va natijalarni qayd etish, virtual treninglar orqali individual tayyorgarlikni oshirish mumkin. Bunday texnologiyalar o‘quvchilarning mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini oshirib, jarayonni yanada interaktiv va qiziqarli qiladi. Jismoniy tarbiya sohasida ota-ona va jamoat bilan hamkorlik ham muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarni sport va sog‘lom turmush tarzi haqida muntazam xabardor qilish, maktab va mahalla jamoatlari tomonidan sport tadbirlarini tashkil etish o‘quvchilarning faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu tariqa, o‘quvchilar nafaqat maktabda, balki uyda va jamoatchilikda ham jismoniy tarbiyani davom ettirishga undaladi. Yengil atletika mashg‘ulotlarining pedagogik samaradorligini oshirish uchun