«Til va adabiyot – Преподавание языка и литературы – Language and literature teaching» (e-mail:tilvaadabiyotuz@gmail.com) https://oak.uz/pages/4802 ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNAL НАУЧНО - МЕТОДИЧЕСКИЙ ЭЛЕКТРОННЫЙ ЖУРНАЛ SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL ELECTRONIC JOURNAL Til va adabiyot.uz Til va adabiyot.uz ISSN 2021-9752 2025-yil, may 11-son Yozgi taʼtil – kitob mutolaasi Yozgi taʼtil – kitob mutolaasi bilan mazmunli! bilan mazmunli! DOLZARB MAVZU Islomjon YAQUBOV, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU professori, filologiya fanlari doktori, Toshkent shahri islamjon.yakubov.61@mail.ru ISTIQLOL DAVRI ROMANLARINING FALSAFIY-ESTETIK ASOSLARI Annotatsiya: ushbu maqolada mustaqillik davri o‘zbek romanining genezisi o‘rganilgan. Bu dunyo xalqlari madaniyatlarining uyg‘unligi nafaqat ijtimoiy-madaniy, balki adabiy hayotda ham yangi formal-stilistik tadqiqotlarning paydo bo‘lishi omiliga aylanganligini asoslaydi. Muallif buni mustaqillik davri o‘zbek romanchilari Suqrot (Sokrat), Platon (Platon), Arastu (Aristotel) kabi qadimgi faylasuflardan, Yevropa falsafiy yo‘nalishlarida yaratilgan asarlardan qanday saboq olgani misolida tushuntirgan. Kalit so‘zlar: roman, qahramon, yozuvchi, genezis, yo‘nalish, matn, adabiy tanqid, poetika, adabiy jarayon. Аннотация: в данной стате рассматривается генезис узбекских романов периода независимости. В ней обосновано, что гармония култур народов мира явилас фактором возникновения новых формално- стилистических исследований не толко в общественной и културной, но и в литературной жизни. Автор объяснил это на примере того, что узбекские романисты периода независимости училис у таких древних философов, как Сократ (Сократ), Платон (Плато), Аристотел (Аристотел), а также произведений, созданных в европейских философских направлениях. Ключевые слова: роман, герой, писател, генезис, направление, текст, литературоведение, поетика, литературный протсесс. Annotation: this article examines the genesis of Uzbek novels of the independence period. It substantiates that the harmony of cultures of the peoples of the world was a factor in the emergence of new formal-stylistic studies not only in social and cultural, but also in literary life. The author explained this using the example of the fact that Uzbek novelists of the independence period learned from such ancient philosophers as Socrates (Socrates), Plato (Plato), Aristotle (Aristotle), as well as works created in European philosophical trends. Keywords: novel, hero, writer, genesis, trend, text, literary criticism, poetics, literary process. Insoniyat tarixida shunday jarayonlar borki, dunyo xalqlari madaniyatining uyg‘unlashuvi yangi hodisalarni yuzaga chiqarganligi kuzatiladi. Masalan, ellinlar madaniyatining sharqdagi mahalliy xalqlarning madaniyati bilan birikuvi o‘sha davrdagi tarixiy vaziyatning, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy munosabatlarning mahsuli edi. Sharqning yunon va makedon madaniyati bilan, aksincha, ularning Sharq madaniyati bilan tanishuvi Bolqon yarim orollari, Egey dengizidagi orollar, Kichik Osiyo, Misr, Old Osiyo, O‘rta Osiyoning janubiy tumanlari, Markaziy Osiyoning bir qismi yaxlit makonga aylanishi tufayli sodir bo‘ldi. Demakki, yaxlitlik nafaqat iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyotning ham muhim omili. Ellinizm [6] davrida adabiyot va san’at ijtimoiy- siyosiy jangovar ruhdan chinakam san’at yo‘nalishiga, ko‘ngil izhoriga, insoniy munosabatlar tasviriga o‘tdi. Alohida odamning kayfiyatini ko‘rsatish muhim sanala boshlandi. Adabiyot va san’at baland didli kitobxon saviyasiga yuksaldi. Menandr (Afina) dramalarida ruhiy-psixologik teranlik; shoir Kallimax (Shimoliy Afrika) ijodidagi qisqalik, aniqlik, o‘tkirlik, klassik adabiyot an’analaridan qochish, epigramma, epilliya, gimn janrlariga murojaat etish; Feokrit idilliyalaridagi ko‘tarinki romantik ruh; nasriy asarlardagi folklorga yaqinlashish singari belgilar keyingi davr yunon va Rim adabiyotiga poydevor vazifasini o‘tadi. San’at sohasida mahalliy an’analarga, buyuk e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 11-son Dolzarb mavzu 3 san’at ustalariga ergashib ish ko‘ruvchi oqimlar yuzaga keldi. Tasviriy san’atda haykal va portret; rassomlikda mozaika, manzara, natyurmort janrlariga ahamiyat ortdi. Ellinizm san’ati Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida mahalliy san’atning qadimiy an’analari bilan uyg‘unlikda rivojlandi. Demak, tarixiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy munosabatlardagi globallashuv fikr-tuyg‘uning makoniy kengayib, zamoniy chegaralardan o‘zib, yanada boyib borishi, dunyo xalqlari madaniyatining uyg‘unlashuvini, yangi hodisalarning paydo bo‘lishini ham taqozo etadi. Bu fikr o‘zbek romannavislari antik falsafaning Suqrot (Sokrat) , Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel) va boshqa vakillari fikrlariga tayanishlari, XIX asr Yevropa falsafiy yo‘nalishlarida yaralgan asarlardan o‘rganishlari, shuningdek, tasavvufiy qarashlarga mayl bildirishlarining obyektiv asoslari ham mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Ijod ahli fikrlash madaniyatida gumanistik tamoyillar ustuvorligi madaniy merosning turli davr mahsullariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Yevropa Renessansi yoxud Sharq Uyg‘onish davrida kuzatilganidek, antik falsafa namoyandalarining asarlarini o‘rganishga bo‘lgan kuchli intilishni yuzaga chiqardi. Zotan, erkin fikr yuritish kuni kecha o‘zgarmas deb qaralgan haqiqatlardan voz kechishga, botiniy iste’dod va qobiliyatni ro‘yobga chiqarish, ilmiy-falsafiy merosni o‘ziga xos tadqiq qilish orqali insonning eng oliy qadriyat ekanligini isbotlashga imkon beradi. Zamondosh ijodkorlarimizda fikr teranlashgani,ko‘ngil ingichkalashgani uchun ham bugungi o‘zbek adabiyotida insonning botinini tadqiq etishga e’tibor ortdi. Adabiyotshunosligimizda G‘arb estetikasi va badiiyati tamoyillari bilan zamonaviy adabiy jarayon hodisalarini bog‘lashga kuchli intilish mavjud. Shubhasiz, biz bu harakatning ijobiy jihatlarini inkor etmaymiz. Ammo jonli adabiy jarayon tajribalarini o‘rganish, romanchiligimiz yetakchi tamoyillarini milliy va jahoniy asoslarda tadqiq etish adabiy-nazariy izlanishlarimizning asosini tashkil etadi. Adabiy jarayon ijodiylikka asoslangani bois, plyuralistik yangicha ijodiy tafakkur badiiy ijod tarzida ham ko‘p tarmoqlilikni keltirib chiqardi. Bu esa yondashuv usullari ham poetik hodisaning murakkab milliy tabiatiga mutanosib bo‘lishini, birinchi navbatda, romanda muallif nigohi orqali tasavvur qilingan borliqni tahlil qilishni talab etadi. Illo, yozuvchining insonni tushunish va ifodalash yo‘li milliy-adabiy an’analar zaminiga ijodiy yondashuv orqaligina o‘tadi. Chunki yozuvchi millat kishisining ma’naviyati qirralarini tekshiradi, uning ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas sezimlarni o‘z ichki ehtiyojidan kelib chiqib tadqiq etadi. Bu jarayonda fikrlash, anglash, ta’sirlanish hamda tushuntirish tamomila milliy asosda va mutlaqo individual tarzda kechadi. Zero, milliy istiqlol davrida o‘zbekning olam hodisalarini qabul qilish va unga yondashish tarzida sezilarli siljish sodir bo‘ldi. O‘zbek romani o‘z taraqqiyotining oldingi bosqichlariga nisbatan teranroq darajada milliylashdi. Chunki ijtimoiy va badiiy ong sog‘lomlashdi, fikrlar plyuralizmi tufayli adabiy hodisalar qayta idrok etila boshlandi. Millat nazaridan yashirin bo‘lgan ko‘plab asarlarning estetik olami inkishof etildi. Natijada olamni estetik idrok etish, tasvirlash, badiiy ijodning vazifalari bobidagi qarashlar ancha kengaydi. Minglab qo‘lyozmalar ilmiy iste’molga kiritildi. Ular orasida qadimgi mif va afsonalardan tortib “Avesto”, “Xuastuanift”, “Irq bitigi”, “Oltin yoruq” dostonigacha; Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as sahih”, Zayniddin Muhammad G‘azzoliyning “Kimyoi saodat”, Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Xoja Ahror Valiyning “Risolai volidiya”, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, So‘fi Ollohyorning “Maslaku-l-muttaqin”, Is’hoq Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” asarlari; Fitrat, Cho‘lpon Qodiriy bitiklarigacha uchratish mumkin. Shuning uchun ham umuman, o‘zbek adabiyoti, xususan, milliy romanchilik taraqqiyotini F.M.Dostoyevskiy, F.Nisshe yoxud Z.Freyd umuman olganda, yevropacha estetik qarashlar ta’siri doirasidagina izohlash uning milliy-estetik hodisa ekanligiga birmuncha putur yetkazadi. Dostoyevskiyning “Bechora odam” (1846) romanida xo‘rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo‘lgan “kichkina odamlar” ning ulkan qismati, odam haqida kuyunchaklik, ulug‘ insonparvarlik “Stepanchikov qishlog‘i va uning aholisi” (1859), “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar” (1861), “O‘lik xonadondan maktublar” (1861–1862) asarlarida jaholat botqog‘iga botib, insoniy qiyofasini yo‘qotgan ruslar hayoti hikoya qilinadi. Yozuvchining “Jinoyat va jazo” (1866), “Telba” (1868) romanlarida ham rus xalqining ma’naviy muammolari qalamga olinadi. “Jinlar” (1871–1872), “O‘smir” ( 1875) romanlarida esa rus “oqsuyaklari” tabaqasi, amaldorlar orasidagi ma’naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko‘zlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani ko‘rsatilgan. “Og‘a-ini Karamazovlar” (1879–1880) romanida esa 2025-yil 11-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 4 jamiyat va shaxs o‘rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz fojiasi o‘z ifodasi topgan. Ko‘rinadiki, F.M. Dostoyevskiy XIX asrdagi realistik roman janrini o‘ziga xos jihatlar bilan boyitgan. U yaratgan to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimi, insonlar taqdiri, qalb kurashi, balki jamiyat ma’naviy hayotidagi fojiaviy konfliktlar ham aks etgan. Yozuvchi har bir ayrim kishining kamoloti va baxt-saodatiga asoslangan ijtimoiy uyg‘unlik haqidagi gumanistik g‘oyalarni ilgari surdi. Xudbinlik, surbetlik, nifoq solish, sotqinlik singari inson ruhiyati va jamiyatdagi axloqiy tubanliklarni dard-alam bilan his etdi. Shu bois ham uning ijodida shaxsning ruhiy-axloqiy mushkulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar yetakchilik qildi. Odam bolasi o‘z amallariga javobgarlikni his qiladigan erkin iroda egasi sifatida idrok etildi. F.M. Dostoyevskiyning axloqiy tamoyillariga ko‘ra har qanday hayotiy vaziyatda ham odam bolasi odam bo‘lib qolmog‘i, har qanday baxtsizlik qarshisida ham ruhan baland turmog‘i lozim. Insonni nafaqat mavjud vaziyatga, hatto aql-farosat izmiga ham butkul bog‘lab qo‘ymaslik jihatidan F.M. Dostoyevskiy qarashlari ma’rifatchilik nuqtai nazarini rad etadi. Chunki yozuvchining fikricha, shaxsning erkinligi faqat yaxshilik manbai bo‘lmay, yomonlik manbai hamdir. Yomonlik esa kishilarning normal holati emas. Cheksiz erkinlik yoki vujudga kelgan munosabatlarga qarshi individualistik isyon zulmga olib keladi, shaxsni ma’naviy halokatga yetaklaydi. Inson xokisorlik, sabr-bardosh orqaligina ruhiy uyg‘unlikka erisha oladi [1. 231]. Xullas, adibning sof dramatik janrga xos keskinlik va liro-publitsistik pafosi bilan ajralib turuvchi intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashi, g‘oya va dunyoqarashlarning fojiaviy to‘qnashuvi mahorat bilan tasvirlangan. Shuning uchun ham uning romanlari jahon adabiyoti, adabiyotshunosligi, xususan, o‘zbek romanchiligi va romanshunoslik ilmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. U badiiy shakl borasida ulug‘ novator sifatida maydonga chiqdi. Badiiy tafakkurning batamom yangi – polifonik tipini yaratdi. Garchand, adibning qarashlari romanlarida aks etgan bo‘lsa-da, ularni aynan shu romanlar miqyosi bilangina cheklash mumkin emas. Zero, F.M.Dostoyevskiy Yevropa estetikasining Sharqona adabiy an’analardan uncha yiroq bo‘lmagan ayrim asosiy tamoyillarini, aytish mumkinki, olam va odamni anglashning yangicha modelini yaratdi [1. 79]. Romanning tabiatini mavzu dolzarbligi, tasvir yo‘siniga xos sarguzashtlilik, voqea-hodisalar qamrovi, hatto til badiiyati ham to‘la belgilay olmaydi. Umuman, badiiy ijod, xususan, roman tabiatida qat’iy va turg‘un belgilar emas, balki muallifning qahramonni tushunish va aks ettirishdagi qarashlar tizimi mohiyati – individual konsepsiyasi muhim omil vazifasini o‘taydi. Chunki konkret roman ortiqcha tafsilotlardan tiyilish, alohida inson shaxsining nechog‘lik teran tadqiq va tahlil etilganligi bilan qimmat kasb etadi. Shuning uchun ham u yoki bu muallif shaxs ichki olamini qay miqyosda tekshirishni maqsad qilganligi bugungi o‘zbek romanchiligidagi shakliy-mundarijaviy izlanishlarni tushunishga kalit beradi. Nemis faylasufi, irratsionalizm namoyandasi, “hayot falsafasi” ning asoschilaridan biri Fridrix Nisshe (1844 – 1900) falsafasida “hayot” tushunchasi markaziy o‘rin egallaydi. Nisshe uni faqat intuitiv yo‘l bilan bilish mumkin bo‘lgan reallik deb izohlaydi va mohiyatan irratsional mazmunga ega bo‘lgan hayotiy reallikni bilishning obrazli-simvolik usullarini ilmiy bilishga qarama-qarshi qo‘yadi. Boshqacharoq aytganda, san’at asarlarini hayotni to‘g‘ri in’ikos ettirish va ifodalash vositasi deb bilgan Nisshe falsafasida bilishning aqliy (ratsional) usullari o‘rnini estetik intuitsiya va olamni badiiy-estetik o‘zlashtirish usullari egallaydi. Uning ta’kidlashicha, san’at asarlari ma’naviy madaniyatning muhim unsuri sifatida insoniyat taraqqiyoti ilk davrlarida fanga nisbatan birinchi darajali rol o‘ynagan. Faylasuf barcha hayotiy jarayonlarni, jumladan, inson aqlini ham turli tizim va jamiyatlarni yaratishdan nariga o‘ta olmasligi, nisbiy haqiqat sanalmish g‘oyalar ifodasi sifatida tasvirlashga urinadi. Chunki u Charlz Darvinning yashash uchun kurash qonuni hamda Artur Shopengauerning olam mohiyatini olamda hukm suruvchi insoniy iroda bilan bog‘lab tushuntiruvchi falsafiy qarashlaridan kuchli ta’sirlangan. Shu boisdan ham olim estetikasida jamiyat qonunlarigina emas, balki ilmiy bilishning mukammalligi ham inkor qilinadi. Nisshening fikricha, hayot har qanday formula va tizimlarni chetlab o‘tadi. U inson intellektining irodasiga bo‘ysunmas darajada beqiyos murakkab va cheksiz yashirin imkoniyatlarga to‘liqdir. Ong evolyutsiyasining aqldan yuqori (supramental) va aqldan quyi ko‘p pog‘onalari mavjuddir. Nisshe falsafasida bilishning aqliy sohasi cheklangan deb hisoblangani bois, noaqliy bosqichlar mazmuni tahlil qilinadi. Uning estetikasi iroda, intuitsiya, ongsizlik kabi ruhiy faoliyat turlari birlamchi sanalishi jihatidan tabiatan Yevropa psixoanalizmi va Sharq mistikasiga, tasavvuf ta’limotiga yaqin turadi. e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 11-son Dolzarb mavzu 5 Shaxsning psixoanalitik konsepsiyasini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan avstriyalik olim Zigmund Freyd (1856–1939) ham inson psixikasini moddiy sharoitlardan ajratib, ong doirasidan tashqaridagi holat deb hisoblaydi. Inson xatti-harakati me’yorlari va patologiyasini ilg‘ab olish qiyin bo‘lgan motivlar belgilaydi. Ongsizlikning turli motivlari va ichki psixik ziddiyatlar natijasida xatti-harakatdagi xatoliklar zohir bo‘ladi. Inson borlig‘ini vujudga keltirgan asoslarni aniqlash, uning xulq-atvori, xarakterining yuzaga kelish sabablari, alohida odam turmush tarzi tamoyillarining hosil bo‘lishini tushuntirish mumkin. Uning shaxsida bo‘ladigan o‘zgarishlar borliqning o‘ziga xos, muhim xususiyat va xossalarga ega bo‘lgan shaklidir. Mistikada ham voqeiy olamni bilish mushkul, tabiiy hodisalar va ruhiy jarayonlarni inson tomonidan boshqarish qiyin, ular yashirin mohiyatning timsoli deb qaraladi. Ruhiy poklanish bo‘lgan tasavvuf nazariyasida esa Allohning vasliga yetish botiniy yo‘l (intuitsiya va ishroq) bilan amalga oshiriladi. Bu qadimgi grek estetikasida san’atning insonga estetik ta’sirini tavsiflovchi “katarsis” tushunchasini eslatadi. Angashiladiki, Fridrix Nisshe olam va odam haqidagi nodir falsafa namoyandalaridan biri sifatida fikrlash kengligini katta miqyoslarga ko‘targan. U odam bolasini maxluqlikdan qutqarib xoliqlikka, ya’ni jaydari odamdan yuqoriroq daraja – barkamol (“sverxchelovek”– “a’lo odam”) likka ko‘tarishni maqsad qilgan. Ozodlikni, axloqiylik va g‘ayriaxloqiylikni Yevropa falsafasi miqyosida hamma narsani yengib o‘tuvchi va tengsiz uyg‘unlik topuvchi “buyuk sog‘lomlik” sifatida tushuntirgan. Nisshe falsafasining alohida inson fitratiga xos kurashchanlik, ezgulik sari intiluvchanlik, bedorlik, matonat, olamga teran nigoh bilan boqish, olomondan boshqacharoq anglash, qalb va diyonatli ruh ozodligi, sezimlar ingichkalashuvi, o‘zlikni topmoq, poklanmoq singari ko‘plab ijobiy jihatlari mavjud. Unda toza hamda sarin havolarga intilish, hur makon – ichki olam xilvatgohi shiddatining ulug‘ suroni, tor ko‘ngillik qavmning masxarabozliklaridan uzoqlashmoq hikmati, didlar turfalashuvi va ruhiy osudalikning muattar iforlari kabi tuyg‘ular mas’umligi bor. Odamni o‘zidan o‘zdirishga, fikran va qalban o‘z-o‘ziga qozilik qilishga da’vat, “a’lo odam” tavalludiga umidvorlik, maqsad yo‘lida tuproqqa aylanish, ya’ni ona huzurida sokin bo‘lmoq ilinji mujassam. Nisshe oyog‘i yerdan uzilmagan insonni ulug‘laydi. Vorislikdan emas, balki necha ming yilliklardan beri idrok etmagan inson va zamin so‘qmoqlaridan yurishdan qanoat tuyar ekan, hayvonlik sifatlaridan voz kechgan “a’lo odam” irodasi haqidagi mo‘ljallarini bayon etib: “Barcha xudolar o‘ldilar, endi biz faqat a’lo odam yashashini istaymiz”[7. 46] deydi va bu yo‘lni har bir kimsa alohida - alohida holda bosib o‘tish orqali o‘zini topishini istaydi. Darhaqiqat, Nisshe “Odamlar teng emas. Ular teng bo‘lolmasliklari ham kerak” [7. 18] , – degan tezisga asoslanar ekan, ruhning darajalari bo‘lishi, ulug‘vor ruh odamlari ko‘payishi lozimligini nazarda tutadi. Faylasuf inson irodasining bunyodkorligini fikr etadigan, oddiy ko‘z bilan ko‘riladigan, his qilinadigan hudud bilan chegaralaydi. Shu uchun ham uning nazdida Xudo tusmol bo‘lib ko‘rinadi. Aql bilan bilib bo‘lmaydigan, yagona va o‘zgarmas narsa-hodisalar yo‘q. Xususan, ilohlar fikrdagina mavjud bo‘lib, bunday ta’limot inson uchun yovuz va g‘addordir, – degan xulosa chiqaradi. Odamlarni yangi iftixor va irodaga o‘rgatishni tilagan olim: “boshingizni samoviy narsalarning qum-to‘zoniga tiqmang, undan baland tuting” [7. 19] , – deya da’vat etar ekan, samoviy xaloskor haqidagi fikr- qarashlarni qashshoq, bemor va ko‘rnamak kimsalar o‘ylab topgan shirin og‘ular hisoblaydi. Isyonkor ong vakili o‘laroq borliqning asosiga Yaratuvchini emas, balki har narsaning o‘lchovi va qimmati bo‘lmish “men” ligini qo‘yadi. “Men Yevropaning Buddasiman!” , – degan Nisshe “shakkok” ligida insoniy erk, ezgulik va xaloskor iroda, barcha razolatlar ustidan mag‘rurona kulgi bo‘lsa-da, uni mashhur shayx Mansuri Xallojning “Analhaq!” lik da’vosi bilan tenglashtirish mumkin emas. Mansuri Xalloj irfoniy ma’rifat sohibi, Yaratganning vasliga yetgan solih banda. Hol hamda vajd paytida Haq jamolini ko‘rgandek bo‘lib o‘zini unutgan Mansuri Xalloj ana shu holatdagi sirni fosh etgan, o‘zidagi ruhoniy qudratni qalbiga sig‘dira olmay faryod chekkandi. Bu o‘rinda yaralganlarda Yaratuvchining in’ikos etishi – narsalar mutlaq moyaning zarrachalaridir , – degan panteistik ta’limot amal qiladi. Demak, rabboniy olim ikki olam sarvariga itoatda. Uning fikrlari negizini islomiy ma’rifat, farz va sunnatlarni sobitlik bilan bajarish, bu yo‘lda jonfidolik ko‘rsatish tashkil etadi. Nisshe esa insoniyat nizomi va ehtiyojiga xizmat qiladigan zaminiy ezguliknigina sevadi. U ongning isyonkorligiga xos orzu va ishonchga asoslangan tangriyonalikni keskin inkor etadi. Bu o‘rinda ayrim umumiy jihatlar bilan bir qatorda qalb va hol yo‘nalishidagina emas, fikr- qarashlarda, nuqtai nazarlarda ham ziddiyat mavjud. 2025-yil 11-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 6 Bugungi o‘zbek romanlarining “Ishq ahli” (O.Muxtor), “Fano dashtidagi qush”, “Pahlavon Muhammad” (A.Dilmurod), “Tangri qudug‘i” (E.Samandar), “Yassaviyning so‘ngi safari” (S.Siyoyev), “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” (U.Hamdam) kabi namunalarini kuzatishning o‘ziyoq Fridrix Nisshe estetikasini tatbiq qilish orqali milliy roman badiiy matni mohiyatiga to‘la yetib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. G‘arbona ong va iroda erkinligi bilan mohiyatan sharqona e’tiqodiy asoslarga tayanuvchi, ba’zan mistik xarakter kasb etuvchi adabiy hodisalarni mukammal tarzda anglash va anglatish mumkin emas. Bu o‘rinda Sharq-u G‘arb falsafiy-estetik qarashlarining konkret badiiy matn poetikasiga muvofiq keladigan usul va vositalaridan samarali foydalanish ijobiy natijalar beradi [8. 230]. Demak, badiiy ijod tamoyillariga xos xususiyatlar iste’moldagi manbalarning barchasiga tayangan holda, vorisiylik asosida tadqiq etilmog‘i lozim. Chunki estetik qadriyatlar, xususan, badiiy adabiyot odam va qismat, shaxs va uning taqdir bitigi o‘rtasidagi munosabatni milliy ma’naviyat asosida ifoda etgani uchun ham birinchi navbatda milliydir. Aynan shu jihati bilan u jahon adabiyotining tabiiy bir bo‘lagi bo‘la oladi. Bugungi o‘zbek romani esa o‘z-o‘ziga qismat tayin etmoqchi bo‘lib, pirovardida qanoatga keluvchi insonni badiiy ifodalayotgani, adabiyotshunosligimiz bo‘lsa uning zamiridagi adabiy-estetik ma’noni topishga intilishi bilan tamomila milliydir. Zotan, zamonaviy adabiyotshunosligimizning yetakchi belgilari badiiy matnga estetik me’zonlar asosida yondashib, uning ma’naviy-ruhiy va estetik ildizlarini tadqiq va talqin qilish yo‘liga o‘tishda ko‘rinadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Baxtin M. Problemы poetiki Dostoevskogo. Izdanie chetvertoe. – Moskva, 1979. 318-c. 2. Matyokubova T. Philosophical-Aesthetic Conception: Community And Individuality // Texas Journal of Multidisciplinary Studies. 2024. No 29. Pp. 120-122 3. Matyokubova T. The Expression Of The Poet’s Feelings In Gafur Gulam’s Poetry // American Journal of Advanced Scientific Research. 2024. No 1. Pp. 62-64 4. Matyokubova T. G‘afur G ‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va “Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida) // Uzbekistan: yazыk i kultura . 2024. No 2. 88-98-b. 5. Ranovich A.B., Ellinizm i yego istoricheskaya rol. – M –L., 1950. 381-c. 6. Tara V., Ellinisticheskaya sivilizatsiya. Per.s angl., – M., 1949. 375-c. 7. Fridrix Nisshe. Zardo‘sht tavallosi. Ibrohim G‘afurov tarjimasi. // Jahon adabiyoti, 2004. No 1. 12 – 46-b. 8. Yakubov I. Mustaqillik davri o‘zbek romanlari poetikasi: filol. fanlari dok... diss. – T., 2018. 248-b. 9. Yakubov I. Socio-Genetic Factors Of Changes In The Character Of The Main Character // Texas Journal of Multidisciplinary Studies. 2024. No 29. Pp. 123-126 10. Yoqubov I. Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri // Uzbekistan: yazыk i kultura . 2024. No 2. 66-77-b. 11. Yokubova S.I. Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri // O‘zbekiston: Til va madaniyat. – Toshkent, 2022, No 3. 42-54-b. 12. Yokubova S.I. Jadid she’riyatida ramzlar: semiotik va germenevtik talqin // O‘zbekiston: Til va madaniyat. – Toshkent, 2023, No 3. 79-90-b. e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 11-son Dolzarb mavzu 7 Yo‘ldosh SOLIJONOV, Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari doktori, professor. Moxitabon MO‘MINOVA, Farg‘ona davlat universiteti, 1-bosqich tayanch doktoranti mominovamohitabon@gmail.com BADIIY ADABIYOTDA JAMODOT OBRAZI Annotatsiya: ushbu maqolada jamodot obrazining badiiy adabiyot, xususan, Alisher Navoiy asarlaridagi estetik, falsafiy va ramziy o‘rni yoritiladi. Navoiy asarlarida jamodot, ya’ni jonsiz tabiat vakillari – ko‘pincha chuqur ma’noli ramz, ruhiy-falsafiy tafakkur vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Jumladan, “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlarda tosh, ma’dan, yer kabi jamodot unsurlari inson axloqi, qadriyatlari va ilohiy qudrat bilan bog‘liq badiiy obrazlar orqali talqin etiladi. Jamodot nafaqat jonsiz jismlar sifatida, balki ruhiyat, iroda, sabr va barqarorlik timsoli sifatida ham ko‘rsatiladi. Maqolada arab tilidagi “jamada” fe’lining semantik tahlili orqali bu tushunchaning ildizlari va uning Sharq poetikasidagi badiiy-falsafiy yuki ochiladi. Kalit so‘zlar: jamodot, Alisher Navoiy, jonsiz tabiat, badiiy obraz, ramz, tosh. Aннотация: в статье раскрывается эстетическое, философское и символическое значение понятия неодушевлённая природа в художественной литературе, в частности в творчестве Алишера Навои. Элементы джамодота – камни, минералы, земля – в таких произведениях, как “Садди Искандарий” и “Махбуб ал-кулуб”, выступают как метафоры духовной стойкости, нравственности и вечной истины. Джамодот в поэтике Навои – не просто физическая реальность, но и носитель глубокого философского смысла. Также рассматривается этимология арабского глагола “джамада” и его влияние на формирование поэтического образа неодушевлённого. Ключевые cлова: неодушевлённая природа, Алишер Навои, художественный образ, символ, камень. Annotation: this article examines the aesthetic, philosophical, and symbolic role of inanimate nature in literary works, particularly in the poetry and prose of Alisher Navoi. In texts such as “Saddi Iskandariy” and “Mahbub al- qulub” elements like stone, mineral, and earth serve not merely as physical objects but as metaphors of spiritual firmness, moral values, and divine power. Inanimate nature emerges as a bearer of metaphysical meaning, representing stability, endurance, and transcendence. The article also explores the semantic roots of the Arabic verb jamada to uncover the conceptual depth of inanimate matter in Eastern poetic imagination. Keywords: inanimate nature, Alisher Navoi, literary image, symbol, stone. Adabiyot – bu inson tafakkuri va ruhiyatining badiiy in’ikosi bo‘lib, unda nafaqat insonlar, balki tabiat hodisalari, hayvonot va jamodot olamiga oid turli obrazlar ham badiiy umumlashtirish vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Jamodot – ya’ni garchi harakatsiz, sokin va sukutli tuyulsa-da, lekin yozuvchi qalami orqali jonlanib, hissiyot, xotira va ramzga aylanuvchi jismlar dunyosidir. Bunday obrazlar badiiy matnda o‘z-o‘zidan emas, balki muayyan maqsad, ramziy yuklama va estetik funksiya bilan kirib keladi. Jamodot obrazlari adabiyotshunoslikda alohida ilmiy tahlilga muhtoj poetik unsurlardan hisoblanadi. Sababi ular orqali nafaqat badiiy tasvir uslubi, balki yozuvchining dunyoqarashi, estetik mezonlari va ma’naviy-falsafiy pozitsiyasi namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, avvalo jamodot tushunchasining mohiyatiga nazar tashlash lozim. Bu so‘z arab tilidagi “jamada” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, “muzlash”, “qotish”, “harakatsizlik” ma’nolarini anglatadi [1:153]. Boshqa bir lug‘atda esa ushbu so‘zga quyidagi mazmunlar yuklangan: Jamad pl.-at – solid; inorganio body; mineral; inanimate body, inanimate being. 1. Solid – qattiq (modda). 2. Inorganic body – noorganik jism (ya’ni hayotiy jarayonlarga ega bo‘lmagan modda). 3. Mineral – foydali qazilma. 4. Inanimate body, inanimate being – jonsiz jism, jonsiz mavjudot [2:133]. Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘atida jamod so‘zi tosh, jonsiz narsalar, mineral ma’nosini anglatishi aytiladi va quyidagi misol beriladi: Sening taxting bir necha jamoddur. Nozuk harir agar taningg‘a hoyil o‘lmag‘ay, Ko‘rsa jamod mumkin emas moyil o‘lmag‘ay [3:561]. Jamodot esa ushbu kitobda jonsiz narsalar, jonsiz tabiat deb izohlanadi va misol tariqasida “Nasoyim ul- muhabbat” dan quyidagi parcha beriladi: “Ul jumlain bir nechasi bulardurlar: ma’dum ijodi va mavjud e’domi va mavto ihyosi va ihyo amotasi va jamodot va nabotot va hayvonot kalomining samoi va maonisig‘a vuquf topmoq...” [3:561]. Demak, jamodot – bu biologik faoliyatga ega bo‘lmagan, ammo badiiy adabiyotda ramziy-estetik ahamiyat kasb etuvchi jismlardir. Shuning uchun 2025-yil 11-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 8 ham A.Navoiy: “Jamodot xayli tiriklik nishonasidan bexabardir”, – deb aytadi. Ya’ni jamiki jonsiz narsalar o‘sish, sezish kabi belgilarga ega emasdir. Bu jumla faqatgina fizik mavjudotlarni emas, balki hayotiylikdan, hissiyotdan, ilohiy nurdan, ruhiy sezgidan mahrumlikni ham bildiradi. Navoiy bu fikr orqali ma’naviy tiriklik – hayotning eng oliy bosqichi ekani va barcha mavjudotlar ichida faqat inson bunga yetishishi mumkinligini eslatmoqda. Jamodning “tosh”, “jonsiz narsa”, “qattiq jism” sifatida izohlanishi, shuningdek, “Nasoyim ul-muhabbat” da jamodotning avliyo tomonidan seziladigan “tovushi” bor deb e’tirof etilishi bu obrazlarning ko‘p qatlamli semantik tabiatini tasdiqlaydi. Ma’lum bo‘ladiki, tug‘ilgan uch ajoyibot – jamodot, nabotot va hayvonotdir. Jonsiz tabiat, o‘simliklar olami, hayvonot (jonzotlar) dunyosi qanday tavallud topdi? Alisher Navoiy bu savolga shunday javob bergan: Chu obog‘a bu nav berding sifat, Alar taxtida aylading ummaxat. Ato yettiyu to‘rt qilding, Natija uch etding bulardin yano. Asliyatdagi mazmun esa quyidagicha: otalar, ya’ni yetti qat osmon shunday xususiyatga ega ekan, sen ular tagida onalarni yaratding. Otani yetti va onani to‘rtta qilding (to‘rt unsur) va ulardan uch farzand – jonsiz jismlar, o‘simlik va hayvonot dunyosini paydo etding [4:126]. Demak, bu yerda koinot ilohiy iroda orqali, osmon va unsuriy yer uyg‘unligidan tug‘ilgan uch muhim olamga – jamodot, nabotot, hayvonotga ajralgan holda tushunilgan. Alisher Navoiy “uch natija” ning to‘ng‘ichi — jamodot haqida “Saddi Iskandariy” dostonida bunday yozadi: “Biriga hajar jismidin to‘shadur, Anga naqd balki jigargo‘shadir” [4;127]. Baytning mazmuni quyidagicha: kim uchundir toshdek qadrsiz bo‘lgan narsa, boshqasi uchun aziz, qadrli bo‘lishi mumkin. Bizning fikrimizcha, Navoiy “uch natija”dan biri bo‘lgan jamodot haqida fikr yuritar ekan, uni oddiy “jonsiz jism” sifatida emas, balki inson qalbi, ruhi va qadriyati bilan bog‘liq holda seziladigan, turli mazmunlar kasb etuvchi badiiy va falsafiy obraz sifatida talqin qiladi. Demak, Navoiy uchun jamodot — harakatdan bexabar, lekin ma’nodan xoli emas Uni anglash uchun esa ko‘z emas, balki qalb ko‘rishiga ehtiyoj bor. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarida quyidagi parcha ketirilgan: Buki seni Xoliqi kavnu fasod, Qilmadi hayvonu nabotu jamod. Jamod Jonsiz jismlar (yer, tosh, qum) Harakat yo‘q. Nabotot O‘simliklar dunyosi O‘sish, ya’ni harakat mavjud, lekin idrok mavjud emas. Hayvonot Hayvonot olami Sezgi, harakat bor, lekin idrokdan mahrum. Ushbu parchada Alloh insonni boshqa mav- judotlardan yuqori maqomda yaratgani ta’kidlan- moqda. Hayvonot, nabotot va jamodot o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ularning mavjudligi birlamchidir. Inson esa borliq ichida eng mukammal mavjudot bo‘lib, u jamodotning barqarorligi , nabototning o‘suvchanligi , hayvonotning harakatchanligi va ilohiy ruhning zohirini o‘zida mujassam etgandir. Shuning uchun ham u doimo yuqori pog‘onani egallagan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, badiiy adabiyotda jamodot tasviri shunchaki tasviriy element emas, balki ramziy, falsafiy hamda estetik yuklamaga ega bo‘lgan obrazlar tizimini tashkil etadi. Alisher Navoiy ijodida esa ruhiy- ma’naviy ma’nolarni yoritishda vosita sifatida xizmat qiladi. Navoiy jamodotni tabiatning bir qismi sifatida emas, balki insonga xos fazilatlar, ruhiy holatlarning aksi va ramzi sifatida tasvirlaydi. Bu yondashuv orqali adib jonsiz tabiatni inson ruhiyatiga yaqinlashtiradi, uni tiriklik belgilariga ega obrazga aylantiradi. Badiiy adabiyotda jamodot obrazining o‘rganilishi bizga nafaqat estetik didni rivojlantirish, balki adabiy- falsafiy tafakkurning qatlamlarini anglash imkonini beradi. U jonsiz ko‘ringan narsa ortida yashiringan ilohiy hikmatni anglashga da’vat etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Steingas, F.J. English Arabic Dictionary for the use of both travellers and students. – London, 1882. 153-b. 2. Wehr, H., Milton, J. A dictionary of modern written arabic. – Inc, 1976.133-b. 3. Фозилов, Э.И. таҳрири остида. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. – Тошкент, 1983. 561-б. 4. Расулов, А. Бадиийлик– безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 126-б. e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 11-son Dolzarb mavzu 9 Adiba DAVLATOVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi prof.v.b, filologiya fanlari doktori (DSc) ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA MUSTAMLAKACHILIK ASORATLARINING BADIIY VA PSIXOLOGIK IFODASINI POSTKOLONIAL TAHLIL METODI ASOSIDA O‘RGANISH MUAMMOSI Annotatsiya: mazkur maqolada postkolonial tahlil metodining nazariy asoslari, uning adabiy asarlarni o‘rganishdagi ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Ushbu tahlil usuli mustamlakachilik siyosatini boshidan kechirgan xalqlar adabiyotidagi ezilish, milliy o‘zlikka bo‘lgan hurmat, ruhiy va madaniy jarohatlar hamda qarshilikning badiiy shakllarini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi tadqiq etildi. Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda kechgan tarixiy voqealar, ayniqsa, jadidchilik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning badiiy ifodalari turli asarlar tahlili orqali yoritildi. Zamonaviy she’riyatda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuflar ijodi orqali postkolonial g‘oyalarga nisbatan lirik qahramonning pozitsiyasi, asarda qanday ifoda yo‘sini orqali aks etgani tahlil etildi. Mustamlakachilik faqat ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘lib qolmasdan, inson ongi, tafakkuri va badiiy dunyoqarashida ham chuqur iz qoldirgani misollar orqali ko‘rsatib berildi. Kalit so‘zlar: tahlil, mustamlakachilik, lirik qahramon, postkolonial tahlil metodi, doston, she’r, obraz, tarixiy jarayon, tafakkur, millat. Аннотация: в статье рассматриваются теоретические основы метода постколониалного анализа, его научное и практическое значение в изучении литературных произведений. Было установлено, что данный метод анализа важен при исследовании угнетения, уважения к натсионалной идентичности, психологических и културных травм, художественных форм сопротивления в литературе народов, испытавших колониалную политику. В стате посредством анализа различных произведений рассматриваются исторические события, происходившие в Туркестане в консе ХИХ – начале ХХ веков, в особенности движение джадидов и художественное выражение борбы с колониализмом. В современной поезии позитсия лирического героя по отношению к постколониалным идеям анализировалас через творчество Абдуллы Орипова, Эркина Вахидова, Мухаммада Юсуфа, а также способы выражения, отраженные в произведении. На примерах показано, что колониализм был не толко сотсиално-политическим протсессом, но и оставил глубокий след в человеческом сознании, мышлении и художественном мировоззрении. Ключевые слова: анализ, колониализм, лирический герой, постколониалный метод анализа, эпос, поема, образ, исторический протсесс, мысл, нация. Annotation: the article examines the theoretical foundations of the method of postcolonial analysis, its scientific and practical significance in the study of literary works. It has been established that this method of analysis is important in the study of oppression, respect for national identity, psychological and cultural trauma, artistic forms of resistance in the literature of peoples who have experienced colonial policy. The article examines historical events that took place in Turkestan in the late 19th and early 20th centuries, especially the Jadid movement and the artistic expression of the struggle against colonialism, through the analysis of various works. Turkestan in the late 19th and early 20th centuries, especially the Jadid movement and artistic expression of the struggle against colonialism. In modern poetry, the position of the lyrical hero in relation to postcolonial ideas was analyzed through the works of Abdulla Oripov, Erkin Vakhidov, Muhammad Yusuf, as well as the modes of expression reflected in the work. The examples show that colonialism was not only a socio-political process, but also left a deep mark on human consciousness, thinking and artistic worldview. Key words: analysis, colonialism, lyrical hero, postcolonial method of analysis, epic, poem, image, historical process, thought, nation. 2025-yil 11-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 10 Kirish. Badiiy adabiyot, haykaltaroshlik, rassomchilik, musiqa san’atlari hamma zamonlarda jamiyatning ko‘zgusi hisoblanib, milliy qadriyatlar, xalq hayotining tugal manzarasi hamda tarixiy lahzalarini o‘zida namoyon etadi. Adabiyotshunoslikning bir nechta tahlil metodlari mavjud bo‘lib, ular muayyan ma’noda badiiy asarning yutuqlari, tuzilishi, strukturasi, obrazlar psixologiyasini tadqiq etish imkonini beradi. Zamonaviy adabiyotshunoslikda yana yangi bir nechta metodlar ishlab chiqilib, bugungi kun nuqtai nazaridan baholashni, badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlarni aniqlay olish imkonini bermoqda. Ana shunday tahlil metodlaridan biri postkolonial tahlil metodi asosida mustamlakachilik siyosatini boshidan kechirgan mamlakatlar adabiyotini o‘rganish asnosida yangi xulosalarga kelishdir. Postkolonial tahlil metodi bizga mustamlaka qilingan xalqlar adabiyotini toptalgan madaniyatlar va qadriyatlarni qanday saqlab qola olish, ba’zida oshkora kurash tarzida, birda sukut vositasida, ko‘p holatlarda ramziylik orqali ijodiy ifodalanganini qiyosiy baholash imkonini beradi. Asosiy qism. Postkolonial tahlil badiiy asar tabiatini o‘rganishda muhim hisoblanadi. U shovinizm, yеvropasentrizm, irqchilik g‘oyalariga, inson qadr- qimmatini toptovchi mafkuralarga qarshi namoyon bo‘ladi. Postkolonial tahlil metodi – barcha davrlar adabiyotida mustamlakachilik oqibatlarini aniqlash va tushunishda muhim hisoblanib, insoniyat, so‘z erkinligi, badiiy adabiyot, milliy san’atning barcha turlari, muayyan xalq tarixi va madaniyatidagi og‘riqli izlarni, moddiy-ma’naviy, huquqiy, ijtimoiy tanazzullarni o‘rganishda muhim hisoblanadi. Natijada mustamlakachilikni boshdan kechirgan xalqlarning “oldingi” va “keyingi” holatlarini o‘rgangan holda, millat onggida, hayotida, tafakkurida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlaydi, tanqidiy xulosalaydi. Bu metod XX asrning oxirlarida maydonga keldi va hozirda adabiyotshunoslikning ham muhim tahlil yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Postkolonial tahli metodi asosan, aslida ba’zi xalqlar tarixiy hayotida sodir bo‘lgan mustamlakachilikka qarshi kurashlar hamda ozodlikka erishgan millatlarning o‘z taqdirlariga egalik qilish orzusini o‘rganish natijasida paydo bo‘lgan. Bu nazariyani Frans Fanon, Edvard Said, Gayatri Spivak va Xomi Baba kabi mutafakkirlar fanga tatbiq etdilar. Ularning nazariy qarashlari mustamlakachilik siyosatining psixologik, madaniy va siyosiy oqibatlarini o‘rganish asnosida, ayrim millatlarda mustaqillikka erishgandan keyin ham uning chuqur izlarini tadqiq etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Olimlar postkolonial tahlil metodining qator asosiy tushunchalarini ishlab chiqqanlar. Postkolonial metod asosida tahlilni amalga oshirish bir nechta fanlar bilan integratsiyani taqozo etadi. Masalan, biror badiiy asarni o‘rganar ekanmiz, avvalo, adabiyotshunoslik, qolaversa, tarix, falsafa, psixologiya, tilshunoslik, madaniyatshunoslik kabi fanlarga ham murojaat etish zarur. To‘g‘ri, badiiy asarni bu jihatlarsiz o‘rganish qiyin aslida, lekin bu metod aniq tarixiy faktlarni, psixik jarayonlarni teran qayta tahlil qilishni ham talab etadi. Bunda birinchidan, mustamlakachilik haqidagi faktlarni, arxiv hujjatlarini muayyan asar bilan dekonstruksiya qilish; mustamlaka qilingan xalqlar o‘tmishining matnlarda ifodalanishini tahlil qilish; asar tili, undagi simvollar va obrazlar bilan qiyosiy o‘rganishni talab etadi. Natijalar va muhokama. Postkolonial nazariya 1980-yillarda Mishel Fuko, Jak Derrida va Gil Deleuzning poststrukturalistik g‘oyalari ta’sirida paydo bo‘ldi. Zamonaviy postkolonializmning asoschisi Frans Fanon edi. Postkolonial nazariyaning asosiy vakillari Edvard Said, Gayatri Spivak va Xomi Babalarni o‘z ichiga oladi. Postkolonial nazariya bilan bog‘liq fanlar orasida nutq tahlili, gender nazariyasi, madaniyatshunoslik va media tadqiqotlari mavjud.[1] XIX asr oxiri – XX asr boshlari Turkiston tarixiga ijtimoiy-siyosiy, madaniy o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi. Ijtimoiy turmushdagi qator yangilanishlar mana shu o‘zgarishlar samarasi o‘laroq maydonga keldi. Bu davr ijtimoiy-madaniy hayotining eng xarakterli jihatlaridan biri milliy uyg‘onish harakatining vujudga kelishi va uning zamirida yangi adabiyotning shakllangani bilan izohlanadi. Bu jarayonda Turkiston xalqi boshidan kechirgan mustamlakachilik siyosati natijasida jamiyatning ilg‘or qatlami, xususan, ziyolilar ongida mustaqillik orzusining paydo bo‘lishi, qolaversa, mahdudlik, ma’rifatsizlik, jaholatga qarshi cheksiz isyonning tug‘ilishi muhim rol o‘ynadi. Shund