«Til va adabiyot – Преподавание языка и литературы – Language and literature teaching» (e-mail:tilvaadabiyotuz@gmail.com) https://oak.uz/pages/4802 ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNAL НАУЧНО - МЕТОДИЧЕСКИЙ ЭЛЕКТРОННЫЙ ЖУРНАЛ SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL ELECTRONIC JOURNAL Til va adabiyot.uz Til va adabiyot.uz ISSN 2021-9752 2025-yil, iyun 12-son DOLZARB MAVZU Zarnigor SOHIBOVA, Buxoro davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti (DSc) E-mail: zarnigorsohibova1988@gmail.com z.n.sohibova1@buxdu.uz SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA TOPOGRAFIK SHE’RLARNING O‘RNI VA BADIIY-ESTETIK VAZIFALARI Annotatsiya: ushbu maqolada O‘zbek she’riyati misolida topografik she’rlarga xos badiiy-estetik xususiyatlar o‘rganilgan. Ishda bizni o‘rab turgan tashqi olamning she’riyatdagi tasviri adabiyotshunoslik va badiiy adabiyotning inson ruhiyatiga ta’siri nuqtayi nazaridan tekshirilgan. Maqolada tahlil obyekti sifatida Shavkat Rahmonning “Abadiyat oralab” (2012) to‘plamidagi borliq manzarasi tasvirlangan she’rlari tanlab olingan. Shoir she’rlaridagi dunyoning umumiy tasviri, shuningdek, osmon, tog‘, bog‘, sahro singari olamning alohida ajratilgan landshaftlari tasviridagi o‘ziga xosliklar ochib berilgan va umumiy xulosalar taqdim etilgan. Mavzu doirasida muammoni yoritish uchun ishda germenevtik, qiyosiy va psixoanaliz tahlil metodlari qo‘llanildi. Shuningdek, tanlangan she’rlar badiiy-estetik mezonlar va ruhiy-emotsionallik nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: o‘zbek she’riyati, poeziya, topografik she’riyat, peyzaj lirikasi, Shavkat Rahmon ijodi. Annotation: this article explores the artistic and aesthetic features of topographic poetry within the context of Uzbek poetry. It examines the poetic representation of the external world surrounding us from the perspectives of literary criticism and the psychological impact of literature on human consciousness. The analysis focuses on selected poems from Shavkat Rahmon’s collection “Abadiyat oralab” (Through Eternity, 2012), which depict various landscapes of existence. The article highlights the poet’s unique depictions of the world, particularly specific landscapes such as the sky, mountains, gardens, and deserts. General conclusions are drawn based on this analysis. The study employs hermeneutic, comparative, and psychoanalytical methods, and the selected poems are examined through artistic-aesthetic criteria and emotional-psychological perspectives. Key words: Uzbek poetry, poetry, topographic poetry, landscape lyricism, Shavkat Rahmon’s work. Аннотация: в данной статье рассматриваются художественно-эстетические особенности топографической поэзии на примере узбекской поэзии. Исследуется изображение окружающего мира в поэзии с точки зрения литературоведения и воздействия художественной литературы на психологию человека. В качестве объекта анализа выбраны стихи Шавката Рахмона из сборника “Абадият оралаб” (2012), в которых отражаются различные пейзажи бытия. В статье раскрываются особенности изображения поэтом мира в целом, а также отдельных ландшафтов, таких как небо, горы, сады и пустыни. На основе анализа сделаны общие выводы. В работе использованы герменевтический, сравнительный и психоаналитический методы анализа. Отобранные стихи также рассматриваются с точки зрения художественно-эстетических и эмоционально- психологических критериев. Ключевые слова: узбекская поэзия, поэзия, топографическая поэзия, пейзажная лирика, творчество Шавката Рахмона. 1. O‘zbek adabiyotshunosligida topografik she’riyat tushunchasi. Topografik she’riyat (yoki loko-tasviriy she’riyat) – bu poeziyaning bir janri bo‘lib, unda makon va tabiat tasvirlari markaziy o‘rin tutadi. Shoir muayyan geografik joy yoki tabiat manzaralarini badiiy vosita sifatida qo‘llab, ular orqali o‘zining ichki dunyosi, kayfiyati, fikrlari va hayotga munosabatini ifodalaydi. She’riyatda topografik she’rlar alohida janr sifatida ilk bor 17-asrda ingliz adabiyotida paydo bo‘ldi. Jumladan, Jon Denhamning 1642-yilda e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 12-son Dolzarb mavzu 3 e’lon qilingan “Kuper tepaligi” she’ri bu yo‘nalishga asos solgan asar hisoblanadi. Topografik she’riyat 17–18-asrlarda Yevropa adabiyotida ayniqsa keng tarqaldi va mashhurlikka erishdi 1 Bu janrda tabiat tasviri nafaqat tashqi muhitni ifodalaydi, balki u inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi, qalb va hissiyotlar bilan uzviy bog‘liq obraz sifatida talqin qilinadi. Shu vaqtgacha o‘zbek adabiyotshunosligida bu holat ko‘proq “peyzaj lirikasi” atamasi ostida umumiy tarzda o‘rganib kelindi. Aslida esa, bu turdagi she’rlarni topografik she’riyat deb atash orqali ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada aniqroq ko‘rsatish, shuningdek, sof tabiat tasviri berilgan barcha she’rlarni tizimli tahlil qilish imkoniyati yuzaga keladi. Shoirlar tabiatni oddiy tashqi manzara sifatida emas, balki ichki holatlarni, shaxsiy tuyg‘ular va ma’naviy izlanishlarni ifodalovchi poetik vosita sifatida ishlatadilar. Ushbu maqolada biz topografik she’riyatga xos jihatlarni Shavkat Rahmon she’rlari misolida tahlil qilishga harakat qilamiz. Shoir ijodida topografik tasvirlar muhim poetik vosita sifatida namoyon bo‘lib, ular orqali ijodkor o‘zining ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini poetik makonda ifoda etadi. 2. Shavkat Rahmon she’riyatida topografik tasvirlar. Shavkat Rahmon she’riyatida topografik tasvirlar ko‘pincha shoirning ichki kechinmalari va falsafiy qarashlarini ifodalaydi. Tabiat tasvirlari uning ruhiy holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, har bir manzara ichki dunyoni aks ettirish uchun ishlatiladi. Masalan, Shavkat Rahmonning “Qizilqumda bir kun” she’rida sahro tasviri ishlatilgan. Sahro bu yerda o‘zining beqiyos kengligi, yolg‘izligi va shovqin-suronning yo‘qligi bilan insonning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan holatini ifodalaydi: Ey, qum, Ey buyuk sahroning zarrachalari, Kaftimda to‘zg‘imay tursang bo‘lmasmi... (2; 125) Sahro bu yerda o‘zining qahr-g‘azabini, xayollarini va iztiroblarini aks ettiradigan tabiiy muhit sifatida ko‘rsatilgan. Sahro – ichki bo‘shliqni, hayotdagi iztiroblarni, o‘tkinchilikni 1 https://www.britannica.com/art/concrete-poetry bildiradi. Shuningdek, uning shu mavzuga aloqador “Sahro” she’rida ham qumli kengliklar ichida yo‘qolgan inson siymosi tasvirlanadi. Bu ikki she’rda sahro – oddiy geografik hudud emas, balki inson ruhining bo‘shab qolgan, sokin, ammo iztirobli holatining metaforasidir. Shavkat Rahmon she’rlarida manzara asosan ekzistensial tus oladi, undagi har bir detal – qushlarning uchishi, tunning sokinligi, yulduzli osmonning sukunati – ichki iztiroblar, savollar, xotiralar bilan to‘la: Jayhundaryo sohillarida – nazaridan qolib ulug‘vor suvning, shamol esnog‘idan shuv etib ko‘chib, buralib, uvalib yotibdi qumlik. Ulkan quyosh pastlab, olov burgutday qumlik tepasida aylanib suzar. Jimlikni zanglagan saksovullardan yirtilgan shamolning ovozi buzar. Uchardinozavr – qumtepalarda yonarkan trillion zarra yiltirab, oyoq bosib bo‘lmas, suyanib bo‘lmas – qumlik oqaverar suvday jildirab (2; 156). Shuningdek, Shavkat Rahmon she’riyatida “vatan manzaralari” – tog‘, qishloq yo‘llari, bulutli osmon – shaxsiy xotira, sevgi, yo‘qotish kabi mavzular bilan bog‘langan. Uning she’rlarida tabiat tasviri ruhiy holatni ochib beradi, lirik qahramonning hissiy kechinmalari makon orqali gavdalanadi. Tog‘ o‘tirar vodiyda tanho, oq sochlari qoplagan ko‘ksin, ming yillarki bu nuroniy tog‘ asrlarga kiradi o‘ksib... (2; 51) Shavkat Rahmonning boshqa she’rlarida ham tabiat tasvirlari shaxsiy izlanishlar va ruhiy iztiroblar bilan bog‘lanadi. Misol uchun, “Tog‘” she’rida tog‘ tasvirining ishlatilishi shaxsiy izlanishlarni, ruhiy erkinlik va tabiat bilan birlashishni anglatadi: So‘ylaganday bo‘lar edi tog‘, Tushunmasdim ammo so‘zlarin... (2; 204) Bu misra orqali Rahmon tog‘ni ruhiy yuksalish va izlanishning ramzi sifatida taqdim etadi. Tog‘ bilan bog‘liq tasvirlar uning qalbida biror tushunmovchilik, izlanish va orzu ustida kurashni 2025-yil 12-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 4 aks ettiradi. “Tog‘ o‘tirar vodiyda tanho...” deb boshlanuvchi she’rda tog‘ – vaqt va xotiraning, tarix va hayot bardavomligining obraziga aylanadi. U oq sochli nuroniyga qiyoslanadi, go‘yo tog‘ ming yillik hikmatlarni yuragida saqlab kelayotgan jim turuvchi guvohdir: Nuragan tosh, qoya tagidan qari tog‘ning ko‘zlarin topdim (2; 68). Tog‘ning “ko‘zlari” orqali shoir shaxsiy iztirob, tarixiy og‘riq va zamon o‘zgarishlariga bo‘lgan ichki munosabatini ifodalaydi. “Qizilqumda bir kun” va “Amudaryo qirg‘oqlari” she’rlarida Shavkat Rahmon tabiatni tarix, xotira va abadiyatning faol ishtirokchisi sifatida tasvirlaydi. Jumladan, Jayhundaryo (Amudaryo) sohillari: Go‘yo daryodanmas, og‘ir o‘ylardan kemamiz chayqalib suzar yuqori... (2; 284) Bu yerda daryo shunchaki suv emas, fikr, xotira, ruhiy og‘irlik oqimidir. U zamonlarni, sivilizatsiyalarni ko‘rgan, tarixni eslagan ulkan qudratli kuch sifatida ifodalanadi. Shoir she’rlarda o‘zini tabiatning o‘ziga xos tovushlariga, harakatlariga va nafasiga singdiradi. Masalan, quyidagi satrlarda shoir atrofdagi barcha hodisalar – qor, shamol, tog‘, daryo – bularning bari o‘zining shoirona ruhidan tug‘ilganini ta’kidlaydi: kuylar shoir shamol, kuylar shoir qor, shoir qorong‘ilik, shoir tog‘larda shoir daryolarning shovillashi bor (2; 91). Bu misralar orqali shoir tabiatni passiv manzara sifatida emas, ichki olamining faol davomchisi sifatida tasvirlaydi. U shamolni, qorni, tog‘larni o‘z ijodining o‘ziga xos ohangi sifatida qabul qiladi. 3. Xulosa. Shavkat Rahmon ijodida topografik she’riyat nafaqat tashqi olamni tasvirlash, balki insonning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari va falsafiy qarashlarini ifodalovchi muhim poetik vosita sifatida alohida ahamiyatga ega. Uning she’rlarida tabiat manzaralari – osmon, tog‘, sahro, daryo kabi landshaftlar – shunchaki peyzaj tasviri emas, balki ruhiy holatlarning, ma’naviy izlanishlarning badiiy timsolidir. Shoir o‘ziga xos poetik makon yaratish orqali borliq va inson orasidagi ichki bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Maqolada Shavkat Rahmonning “Abadiyat oralab” to‘plamidagi ayrim topografik she’rlar tahlili orqali shoirning makon va tabiatni estetik va psixologik jihatdan qanday talqin qilgani ochib berildi. U peyzaj obrazlar orqali hayot, abadiyat, yolg‘izlik, inson ruhiyati kabi mavzularni chuqur badiiy tafakkur bilan ifodalaydi. Bu esa uning she’riyatiga falsafiylik, emotsionallik va chuqur estetik qiymat bag‘ishlaydi. Topografik poeziya Shavkat Rahmon ijodida shunchaki janr ko‘rinishida emas, balki poetik tafakkurning mazmuniy va shakliy tamoyiliga aylanganini ko‘rish mumkin. Demak, uning she’riyatidagi topografik tasvirlar zamonaviy o‘zbek poeziyasi taraqqiyotida yangi bosqichni belgilovchi omillardan biri sifatida baholanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyev M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Qayta nashr. – Toshkent: Akademnashr, 2013. 406-bet. 2. Shavkat Rahmon. Abadiyat oralab. – T.: Movarounnahr, 2012. 3. Эркинов A. Навоий – пейзаж устаси. – T.: Фан, 1998. 64-б. 4. Ҳотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи, 1979. 370-б. 5. https://www.britannica.com/art/concrete-poetry e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 12-son Dolzarb mavzu 5 Gulbaxar TAVALDIYEVA, TKTI dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi TIL TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TALABALAR OG‘ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Annotatsiya: ushbu maqolada til o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish orqali og‘zaki nutqni rivojlantirish masalalari tahlil etiladi. Unda zamonaviy platforma va dasturlar orqali moslashtirilgan mashqlar, avtomatik muloqot muhiti, real vaqtda fikr-mulohaza yuritish imkoniyati ko‘rsatiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbek tilini sohada qo‘llash” fanini o‘tish uchun metodik tavsiyalar va interaktiv mashqlar namunasi taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, til o‘qitish, o‘zbek tili, soha, og‘zaki nutq, interfaol o‘qitish, texnologiyali ta’lim. Аннотaция: в статье анализируется развитие устной речи посредством использования технологий искусственного интеллекта (ИИ) в преподавании языка. Данная статья включает в себя индивидуальные упражнения, автоматическую среду общения и обратную связь в режиме реального времени с помощью современных платформ и программ. Также даны методические рекомендatsiи и примеры интерактивных упражнений для проведения предмета “Применение узбекского языка в специальности” в вузах. Ключевые слова: искусственный интеллект, преподавание языка, узбекский язык, сфера, устная речь, интерактивное обучение, технологическое образование. Annotation : the article analyzes the development of oral speech through the use of artificial intelligence (AI) technologies in language teaching. This article includes individual exercises, automated communication environment and real-time feedback using modern platforms and programs. Methodological recommendations and examples of interactive exercises for conducting the subject “Use of the Uzbek language in the specialty” in universities are also given. Key words: artificial intelligence, language teaching, Uzbek language, sphere, oral speech, interactive learning, technological education. Kirish Til o‘rganish jarayonida og‘zaki nutqni rivojlantirish – kommunikativ kompetensiya shakllanishining asosiy tarkibiy qismidir. Aniq ifoda, to‘g‘ri talaffuz va to‘satdan muloqot qilish ko‘nikmalari til ta’limining amaliy jihatlarini belgilab beradi. Ana shunday ko‘nikmalarni shakllantirishda sun’iy intellekt imkoniyatlari zamonaviy o‘qitishni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Til o‘rganuvchilar ko‘pincha og‘zaki muloqotda qiynaladi: gapirishga bo‘lgan ishonchsizlik, leksik zaxiraning yetarli emasligi, talaffuz muammolari ularning nutqiy faolligini pasaytiradi. SI texnologiyalari ushbu muammolarni yengishga yordam berishi mumkin [1;2]. Buning uchun talabalar soha atamalarini to‘liq tushunishlari, nutqda ularni faol qo‘llay olishlari kerak. Asosiy qism Ma’lumki, sun’iy intellekt – bu ma’lumotlarni talqin qilish, o‘zlashtirish va turli vaziyatlarga moslashuv asosida qaror qabul qiladigan algoritmlar tizimi. Til o‘rganishda SI quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: nutqni tanish va sintez qilish: II so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini baholaydi, talabaning talaffuzini aniq tahlil qiladi [2;7]. ChatGPT, Replika kabi chat-botlar orqali real muloqot muhiti yaratiladi; mashqlarni avtomatik nazorat qilish orqali SI tezkor fikr-mulohaza berib, xatolarni ko‘rsatadi. Lee K. “AI va kelajakdagi tillarni o‘rganish: Shaxsiylashtirilgan va aqlli ta’lim. Kompyuter yordamida til o‘rganish” nomli maqolasida SI platformasi talabaning darajasidan kelib chiqib, individual mashqlar taklif qilish imkoniyatiga ega ekanligini aytadi [5;11]. Bu imkoniyatlar talabalarning nutqiy faolligini, o‘z-o‘ziga ishonchini va tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Til o‘qitishda Duolingo, Mondly, Speak kabi mobil ilovalar so‘zlashuvga oid mashqlarni so‘zma-so‘z tahlil qiladi, talaffuzning har bir holatiga alohida baho beradi. Grammatika va leksika bilan birgalikda, ovozli tasvirlash mashqlari ham mavjud. Hozirda mashhur tilli model – ChatGPT orqali real vaqtda muloqot qilish imkoni paydo bo‘ldi. U foydalanuvchining javoblariga 2025-yil 12-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 6 moslashib, yangi savollar beradi, grammatik yoki uslubiy xato bo‘lsa, taklif qiladi (Luan & Zhao, 2020). Virtual yordamchilar – Alexa, Siri, Google Assistant kabilar kundalik hayotiy vaziyatlarda, masalan, bozorda, ko‘chada, oshxonada va h.k. so‘rash, ma’lumot olishda simulyatsiya qiladi va talabalarni “gapirtirish” uchun ishonchli muhit yaratadi. SI ilovalarini darsda emas, mustaqil o‘qish uchun ham tavsiya qilish mumkin. Natijalarni baholashda SI orqali yozilgan yoki gapirilgan nutqni umumiy sinf muhokamasiga qo‘yish mumkin. Bu bo‘yicha texnik oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “O‘zbek tilini sohada qo‘llash” fanidan turli qiziqarli amaliy mashqlar tuzish mumkin. Masalan, auditoriyada talabalarni kichik guruhlarda ishlatish orqali butun guruhni faollashtirish mumkin. Quyida qishloq xo‘jalik sohasida tahsil oluvchi talabalar guruhlariga qo‘llash mumkin bo‘lgan topshiriqlarni keltiramiz: bunda har bir guruhga berilgan topshiriqlar og‘zaki shaklda bajariladi, talabalar berilgan namunaviy so‘zlardan foydalanib, tushuntiruv nutqini tayyorlaydilar. Topshiriq mazmuni qisqa izohda beriladi. 1-kichik guruh. GPS texnologiyasi asosida boshqariladigan traktorlar. Mazmuni: ushbu texnologiya fermerlarga traktorlarni aniq marshrutlar bo‘yicha avtomatik boshqarish imkonini beradi. GPS vositasida yerni bir xil chuqurlikda haydash, o‘g‘itlash va sepish ishlari aniq bajariladi. Bu mehnat unumdorligini oshiradi va yonilg‘i tejaydi. Ogzaki mashq: “Mening intellektual traktorim”. Topshiriq: Talaba GPS texnologiyali traktorning qanday ishlashi, qaysi foydasi borligi, oddiy traktordan farqi haqida tushuntiruv nutqi tayyorlaydi. Namuna iboralar: yo‘nalishni avtomatik tanlaydi”, “GPS vositasida harakatlanadi, “mehnat samaradorligi ortadi”, “oshirilgan aniqlik”, “energiya va vaqt tejaladi”. 2-kichik guruh. Agrodronlar (Drone- texnologiyalar) Mazmuni: Agrodronlar – qishloq xo‘jaligida dronlar orqali urug‘ sepish, o‘simliklarni dezinfeksiya qilish va monitoring olib borish imkonini beradigan texnologiya. U uskuna sohadagi inson mehnatini yengillashtiradi va xavfsizlikni oshiradi. Ogzaki mashq: “Osmondan nazorat”. Topshiriq: Talabalar dron orqali olib boriladigan agrotexnik xizmat turlari, ularning afzalliklari haqida mulohaza bildirishadi. Namuna iboralar: “havodan kuzatuv olib boriladi”, “aerozol vositalarni sepish”, “noqulay sharoitlarda ishlaydi”, “davriy monitoring”, “biologik xavfsizlik ta’minlanadi”. 3-kichik guruh. SI asosida mahsulot sifatini avtomatik nazorat qilish tizimi (AI-based Quality Control Systems) Mazmuni: oziq-ovqat ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalari mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, shakli, rangi, o‘lchami yoki hattoki ifloslanishini aniqlay oladi. AI-kameralar yordamida ishlov berilgan mahsulotlar real vaqtda tahlil qilinadi va nomuvofiq tovarlar ajratib olinadi. Bu avtomatik jarayon inson ishtirokisiz amalga oshadi va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Og‘zaki nutq mashqi: “Aqlli nazorat – sifat kafolati”. Topshiriq: talabalar ushbu texnologiya haqida so‘zlab berishlari, tizimning ishlash mexanizmini izohlashlari; oziq-ovqat sanoatidagi foydasini tushuntirishlari; mehnatni avtomatlashtirishdagi afzalliklarini ko‘rsatishlari kerak. Namuna iboralar: “kamera orqali vizual tahlil o‘tkaziladi”, “sifat standartlariga javob bermaydigan mahsulot ajratib olinadi”, “real vaqtda ma’lumot qayta ishlanadi”, “inson aralashuvisiz nazorat amalga oshiriladi”, “samaradorlik va mahsulot sifati oshadi”. 4-kichik guruh. Intellektual o‘g‘itlash tizimi (Smart Fertilization System) Mazmun: bunday tizimlar tuproq namligi, mineral tarkibi va o‘simlik holatini tahlil qilib, aynan zarur miqdorda o‘g‘it tarqatishni ta’minlaydi. Haddan tashqari o‘g‘itlashning oldi olinadi. Og‘zaki mashq: “Aqlli o‘g‘it – barkamol hosil”. Topshiriq: talabalar ekologik jihatdan xavfsiz, samarali o‘g‘itlash usullari va ularning ahamiyati haqida so‘zlaydi. Namuna iboralar: “o‘simlikning ehtiyojidan kelib chiqib”, “o‘g‘it miqdori aniq hisoblanadi”, “ifloslanish darajasi kamayadi”, “kimyoviy moddalar kamaytiriladi”. Dars davomida talabalarni fikrini mustaqil bildirishiga undash, bahs-munozaraga kirishishlari uchun hamda o‘z tanlagan sohasida sun’iy intellektni qo‘llashning qulayligi, afzalligi yoki kamchiligi haqida “AI – oziq-ovqat ishlab chiqarishda – ha yoki yo‘q?” mavzusida debat yoki fikr almashish mashqini ham o‘tkazish mumkin. Bunda talabalarga qo‘yiladigan vazifa: talabalar guruhlarga bo‘linib, AI texnologiyalari oziq-ovqat ishlab chiqarishda qanchalik samarali e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 12-son Dolzarb mavzu 7 ekani, inson mehnatini qanday almashtirayotgani haqida bahslashishadi. Bu mashqda ularning kasbiy leksikadan foydalanishi, erkin so‘zlash qobiliyati rivojlantiriladi. Xulosa .Sun’iy intellekt asosidagi vositalar og‘zaki nutqni rivojlantirishda samarali va motivatsiya beruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Talabalar real muloqot muhitida o‘zlashtirgan so‘z va iboralarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo ularni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq integratsiya qilish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Keltirilgan misollar qishloq xo‘jaligidagi zamonaviy kimyo texnologiyalarni nafaqat texnik nuqtai nazardan tushunish, balki ularni til o‘rganish jarayonida muloqot obyektiga aylantirish uchun ham juda muhimdir. Bu talabalarga texnik leksikani amaliy qo‘llashga yordam beradi, ularning og‘zaki nutqini rivojlantiradi, kasbiy yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Godwin-Jones, R. (2021). Artificial Intelligence and Language Learning: Why AI matters. Language Learning & Technology, 25(3), 1–15. 2. Luxton, D. D. (Ed.). (2016). Artificial Intelligence in Behavioral and Mental Health Care. Academic Press. 3. Luan, Y., & Zhao, Y. (2020). AI-powered platforms for second language learning. Journal of Educational Computing Research, 58(8), 1496–1523. 4. Кузьменко Н.В. Интегрatsiя искусственного интеллекта в преподавание иностранных языков. Филология и человек, (1), 2022, 56–62. 5. Lee, K. (2021). AI and future language learning: Personalized and intelligent education. Computer Assisted Language Learning, 34(1-2), 1–23. 6. Husanov N. Mutaxassislik tili, ma’ruzalar matni – Toshkent, 2001. 7. Tavaldiyeva G.N. O‘zbek tili darslarida ixtisoslik matnlari bilan ishlash amaliyoti. – Toshkent: “Til va adabiyot ta’limi” jurnali, 2024. 8-son. 8. Tog‘ayev T.M., Tavaldiyeva G.N., Akromova M. O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati. – Toshkent: “Sharq”, 2015. 431-b 2025-yil 12-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 8 Sabohat BEGNAYEVA, A.Avloniy nomidagi PMMI mustaqil tadqiqotchisi SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING RAQAMLI TAʼLIM TIZIMIDAGI STRATEGIK AHAMIYATI Annotatsiya: mazkur maqolada sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining taʼlim sohasiga integratsiyalashuvi, ularning samaradorlikni oshirishdagi roli, oʻqituvchilar va oʻquvchilar faoliyatidagi imkoniyatlari, shuningdek, milliy taʼlim tizimida joriy etish masalalari tahlil qilinadi. Xorijiy va mahalliy tajribalar asosida tahlil qilingan holda SI texnologiyalari orqali shaxsiylashtirilgan taʼlim, avtomatlashtirilgan baholash, virtual yordamchilar va intellektual oʻqitish tizimlarining afzalliklari koʻrsatiladi. Kalit soʻzlar: sunʼiy intellekt, raqamli taʼlim, shaxsiylashtirilgan oʻqitish, avtomatlashtirilgan baholash, virtual yordamchilar, chatbotlar, intellektual oʻquv tizimlari, til oʻrganish texnologiyalari, taʼlimni monitoring qilish, pedagogik innovatsiyalar, oʻquv jarayonini avtomatlashtirish Аннотация: в данной статье анализируется интеграция технологий искусственного интеллекта (ИИ) в сферу образования, их роль в повышении эффективности, а также возможности, которые они открывают для деятельности преподавателей и учащихся. Рассматриваются вопросы внедрения ИИ в национальную систему образования. На основе зарубежного и отечественного опыта показаны преимущества персонализированного обучения, автоматизированной оценки, виртуальных помощников и интеллектуальных образовательных систем. Ключевые слова: искусственный интеллект, цифровое образование, персонализированное обучение, автоматизированная оценка, виртуальные помощники, чат-боты, интеллектуальные образовательные системы, технологии изучения языков, мониторинг учебного процесса, педагогические инновации, автоматизация образовательного процесса. Annotation: this article analyzes the integration of artificial intelligence (AI) technologies into the field of education, their role in improving efficiency, and the opportunities they offer for teachers and students. It also explores the challenges and prospects of implementing AI tools in the national education system. Based on international and local experiences, the article highlights the advantages of personalized learning, automated assessment, virtual assistants, and intelligent instructional systems enabled by AI technologies. Key words: artificial intelligence, digital education, personalized learning, automated assessment, virtual assistants, chatbots, intelligent learning systems, language learning technologies, educational monitoring, pedagogical innovations, automation of the learning process. XXI asrda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga, ayniqsa, taʼlim sohasiga chuqur kirib kelmoqda. Shunday texnologiyalardan biri — sunʼiy intellekt boʻlib, u taʼlim sifatini yaxshilash, oʻquv jarayonlarini shaxsiylashtirish va samaradorligini oshirishda muhim oʻrin tutmoqda. Bu texnologiya inson aqlining muayyan vazifalarini kompyuter orqali bajarish qobiliyatiga ega boʻlgan tizimlardir. Sunʼiy intellekt har bir oʻquvchining qobiliyati, qiziqishi va oʻrganish tezligiga qarab individual oʻqitish rejasini shakllantirish imkonini beradi. Masalan, adaptiv oʻqitish platformalari har bir oʻquvchining xatolarini tahlil qilib, mos mashqlar taklif etadi. Shaxsiylashtirilgan oʻqitish — bu har bir oʻquvchining individual ehtiyojlari, bilim darajasi, oʻrganish uslubi va qiziqishlariga asoslangan holda taʼlimni tashkil etish usulidir. Sunʼiy intellekt texnologiyalari ushbu yondashuvni samarali va amaliyotga yaqin shaklda joriy etishda muhim rol oʻynaydi. AI (sunʼiy intellekt) vositalarining yordamida har bir oʻquvchiga moslashgan oʻquv kontenti taqdim etilishi mumkin. Masalan, adaptiv oʻqitish platformalari (masalan, Khan Academy, Smart Sparrow, Squirrel AI Learning) oʻquvchining javoblarini tahlil qilib, uning murakkablik darajasini anglab yetadi va mos dars yoki mashqlarni taklif etadi. Bu esa oʻquvchining kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, unga mos oʻqitish strategiyasini avtomatik ravishda shakllantiradi. Bundan tashqari, intellektual tavsiya tizimlari orqali har bir oʻquvchiga individual vazifalar, video darslar va qoʻshimcha manbalar tavsiya qilinadi. Bu jarayonlarda oʻqituvchi AI orqali olingan tahlillarga tayanib, taʼlim jarayonini toʻgʻri boshqarishi mumkin boʻladi. e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 12-son Dolzarb mavzu 9 Shaxsiylashtirilgan oʻqitish nafaqat bilim sifatini oshiradi, balki oʻquvchining oʻqishga boʻlgan qiziqishini ham kuchaytiradi. Shu bilan birga, taʼlimda tenglikni taʼminlab, akademik orqada qolishlarni kamaytiradi. Avtomatlashtirilgan baholash — bu oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini sunʼiy intellekt yordamida tez, aniq va tizimli tarzda baholash jarayonidir. Anʼanaviy baholash usullarida inson omili yuqori boʻlgani sababli xatoliklar, subyektivlik va vaqt talofati yuzaga kelishi mumkin. Sunʼiy intellekt texnologiyalari esa ushbu muammolarni kamaytirish va baholashni sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi. Birinchidan, AI orqali ishlovchi avtomatlashtirilgan test tizimlari sinov natijalarini real vaqtda tahlil qila oladi. Bu tizimlar faqat toʻgʻri/notoʻgʻri javoblarni aniqlash bilan cheklanib qolmay, balki tanlov qilish jarayonidagi ulgurmagan savollar, javob berish tezligi, xatolarning turi kabi omillarni ham tahlil qiladi. Masalan, Google Forms yoki Edmodo kabi platformalarga SI algoritmlari qoʻshilganda, natijalardan aniq tendensiyalarni aniqlash mumkin boʻladi. Ikkinchidan, yozma ishlar va insholarni baholashda sunʼiy intellekt modellari (masalan, Grammarly, Write&Improve, Turnitin) grammatik, stilistik va mazmuniy jihatdan tahlil olib borib, oʻquvchiga aniq tavsiyalar beradi. Bu nafaqat baholashda, balki refleksiv oʻqitish va oʻz-oʻzini tahlil qilishda ham foydalidir. Uchinchidan, avtomatlashtirilgan baholash oʻqituvchilar uchun tahlil asosida tuzilgan hisobotlarni shakllantiradi. Ushbu hisobotlar orqali sinf darajasidagi umumiy saviya, alohida oʻquvchilardagi rivojlanish yoki muammoli sohalar oson aniqlanadi. Bu esa pedagogik qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbai boʻladi. Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham soʻnggi yillarda milliy testlar, elektron jurnallar va attestatsiya jarayonlarini raqamlashtirish orqali avtomatika elementlari joriy etila boshlandi. Bu jarayonda sunʼiy intellektni toʻliq integratsiya qilish orqali taʼlimda xolis, tezkor va samarali baholash tizimini shakllantirish mumkin. Virtual yordamchilar va chat-botlar sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan intellektual tizimlar boʻlib, ular taʼlim jarayonida oʻquvchi va oʻqituvchiga real vaqtda axborot berish, savollarga javob qaytarish, maslahat berish va hatto taʼlimni tashkil etishda koʻmaklashadi. Bu texnologiyalar orqali taʼlimning doimiy, interaktiv va shaxsiylashgan tarzda amalga oshirilishi taʼminlanadi. Virtual yordamchilar nima va qanday ishlaydi? Virtual yordamchi — bu ovozli yoki yozma muloqot asosida ishlaydigan AI dasturidir. Ularning eng mashhur misollari — Siri , Google Assistant , Amazon Alexa kabi dasturlar hisoblanadi. Taʼlimda esa, maxsus ishlab chiqilgan virtual yordamchilar oʻquvchilarning kunlik savollariga javob beradi, dars jadvalini eslatadi, oʻquv materiallarini topishda yordamlashadi yoki hatto maʼlum bir mavzuda soʻrovnoma oʻtkazadi. Chat-botlar nima va ular qanday qoʻllaniladi? Chat-bot — bu matnli muloqotga asoslangan avtomatik suhbatdosh boʻlib, oʻquvchilar yoki talabalar bilan soʻrov/javob usulida ishlaydi. Ularning afzalligi shundaki, chat-botlar 24/7 rejimida ishlaydi, doimiy ravishda yangilanadi va minglab talabalarga bir vaqtda xizmat koʻrsata oladi. Xorijiy taʼlim tizimlarida, xususan, AQSH, Hindiston va Singapurda turli universitetlar AI asosidagi chat-botlar orqali abituriyentlarga maslahat berish, talabalarning savollariga javob berish va hatto psixologik qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini yoʻlga qoʻygan. Sunʼiy intellekt texnologiyalari til oʻrganish jarayonida samaradorlikni oshirish, interfaollikni taʼminlash va oʻquvchilarga shaxsiylashtirilgan taʼlim muhitini yaratishda muhim rol oʻynaydi. Til — insoniyatning asosiy kommunikativ vositasi boʻlgani bois, uning oʻrganilishida shaxsiy yondashuv, muntazam mashqlar va real hayotga yaqin muloqot muhiti zarur. Aynan shu jihatda sunʼiy intellekt asosidagi vositalar til oʻrganuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. AI texnologiyalari asosida yaratilgan platformalar AI texnologiyalari asosida ishlovchi Duolingo , Babbel , Rosetta Stone , Memrise , ChatGPT , Grammarly va Elsa Speak kabi platformalar til oʻrganishda keng qoʻllanilmoqda. Ular: • grammatik va leksik tahlil; • talaffuzni toʻgʻrilash; • interaktiv mashqlar; • avtomatik tarjima; • real vaqtda muloqot qilish imkoniyatlarini taqdim etadi. Masalan, Grammarly yozma nutqdagi grammatik va stilistik xatolarni aniqlaydi va toʻgʻri takliflarni beradi. Elsa Speak esa talaffuzni aniq tahlil qilib, harf va soʻz darajasida toʻgʻrilash boʻyicha tavsiyalar beradi. Interaktivlik va gamifikatsiya afzalliklari AI platformalari til oʻrganish jarayonini oʻyin shaklida tashkil etadi (gamifikatsiya), bu esa oʻquvchining qiziqishini saqlab qoladi va taʼlim jarayonidagi motivatsiyani oshiradi. Mashqlar darajaga mos ravishda avtomatik tanlanadi, xatolar tahlil qilinadi va foydalanuvchiga qayta taklif etiladi. 2025-yil 12-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 10 Shaxsiylashtirish imkoniyati. AI vositalari har bir oʻquvchining oʻrganish surʼati, xatolari, mashqlardagi muvaffaqiyatlarini tahlil qilib, ularga mos individual dastur shakllantiradi. Bu esa tilni passiv emas, balki faol va mazmunli tarzda oʻzlashtirishga yordam beradi. Oʻqituvchilar uchun yordamchi vosita. Sunʼiy intellekt nafaqat oʻquvchi uchun, balki oʻqituvchi uchun ham yordamchi vosita hisoblanadi. AI platformalari orqali oʻqituvchi oʻquvchining ilgarilashini kuzatishi, qaysi sohalarda qiynalayotganini aniqlashi va oʻqitish uslubini qayta koʻrib chiqishi mumkin. Milliy taʼlim tizimidagi imkoniyatlar. Oʻzbekiston taʼlim tizimida AI asosidagi til oʻrganish platformalarini milliy kontent bilan boyitish, rus va ingliz tillaridan tashqari, davlat tilini (oʻzbek tilini) ham oʻrgatuvchi intellektual dasturlarni ishlab chiqish — milliy qadriyatlarni asrab, global taʼlim muhitida raqobatbardosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan oʻzgartirib, anʼanaviy oʻqitish modellarini zamonaviy, raqamlashtirilgan va intellektual yondashuvlar bilan boyitmoqda. SI imkoniyatlari taʼlim jarayonini samarali boshqarish, individual yondashuvni taʼminlash, yuqori sifatli taʼlim muhitini shakllantirish, oʻquvchilarda mustaqil tafakkur va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, shaxsiylashtirilgan oʻqitish, avtomat- lashtirilgan baholash, virtual yordamchilar, chat-botlar, AI asosida til oʻrganish va taʼlim jarayonini monitoring qilish kabi sohalardagi rivojlanishlar taʼlimda yangi paradigmalarni shakllantirmoqda. SI texnologiyalari oʻqituvchining vazifalarini yengillashtirib, uning eʼtiborini shaxsiy rivojlanish, ijodiy yondashuv va pedagogik innovatsiyalarga qaratishga yoʻnaltiradi. Shuningdek, oʻquvchiga oʻz oʻrganish jarayonini nazorat qilish, faol ishtirok etish va oʻz qiziqishlariga mos taʼlim olish imkonini beradi. Jahon tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, SI texnologiyalarini toʻgʻri va bosqichma-bosqich joriy etish orqali taʼlim sifatini sezilarli darajada yaxshilash, resurslarni oqilona taqsimlash va taʼlimda teng imkoniyatlar muhitini yaratish mumkin. Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham mazkur texnologiyalarni milliy xususiyatlar, til, pedagogik anʼanalar va jamiyatning ehtiyojlarini hisobga olgan holda joriy etish dolzarb ahamiyatga ega. Biroq, bu jarayonda muvaffaqiyatli natijalarga erishish uchun infratuzilmani mustahkamlash, pedagog kadrlarni tayyorlash, AI etikasi va maʼlumotlar xavfsizligi masalalariga alohida eʼtibor qaratish zarur. Taʼlim muassasalarida raqamli transformatsiyani qoʻllab-quvvatlovchi huquqiy, metodik va axborot muhitini shakllantirish — ustuvor vazifalardan biridir. Xulosa sifatida aytganda, sunʼiy intellekt texnologiyalari — bu kelajak taʼlimi emas, balki bugungi kunning real ehtiyoji hisoblanadi. Ularning taʼlimga integratsiya qilinishi orqali intellektual, raqobatbardosh, ijtimoiy masʼul va raqamli dunyoda mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi avlodni tarbiyalash mumkin. Bu esa milliy taraqqiyot va global rivojlanishning asosiy kafolatlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Holmes, W., Bialik, M., & Fadel, C. (2019). Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications for Teaching and Learning. Center for Curriculum Redesign. 2. UNESCO. (2021). AI and Education: Guidance for Policy-makers. Paris: UNESCO Publishing. https://unesdoc.unesco.org/ 3. Anderson, J. R., & Lebiere, C. (2014). The Atomic Components of Thought. Psychology Press. 4. Mahmudov, A., & Karimova, D. (2023). Sunʼiy intellekt vositalarining taʼlim tizimidagi oʻrni va istiqbollari. Taʼlim va innovatsiyalar jurnali, 5(2), 45–51. 5. Rasulov R. (2022). Raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalari: metodik yondashuvlar. Oʻzbekiston ilm-fan jurnali, 4(1), 22–30. 6. Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2017). Machine, Platform, Crowd: Harnessing Our Digital Future. W.W. Norton & Company. 7. Sattorova, Z. (2023). Sunʼiy intellekt asosida individual oʻqitish imkoniyatlari. Pedagogik mahorat (Maxsus son), 3(1), 17–23. 8. Taʼlim vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi. (2024). Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni taʼlimga integratsiya qilish boʻyicha metodik qoʻllanma. – Toshkent: MTTI nashriyoti. 9. Luckin, R., Holmes, W., Griffiths, M., & Forcier, L. B. (2016). Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education. Pearson Education. 10. Yusufbekov, D. (2022). Ta’limda chat-botlardan foydalanish imkoniyatlari. Raqamli pedagogika jurnali, 2(4), 12–19. e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com 2025-yil 12-son Dolzarb mavzu 11 Oqiljon MAVLONOV, O‘zbekiston tumanidagi 16-maktab ona tili va adabiyot fani faxriy o‘qituvchisi NAVOIY MA’NAVIY OLAMIGA YO‘L (Adabiyot muallimlari e’tiboriga taqdim) 1 Annotatsiya: ushbu maqolada o‘quvchilarni taxayyul mulkining sultoni Navoiy ma’naviy olamini anglashga yetaklash maqsadida ularga ayrim adabiy-tasavvufiy timsollar haqida nazariy ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: tasavvuf, may, zuhd, orif. Annotation: in this article, in order to guide readers to the understanding of the spiritual world of the Sultan of the Takhayyul estate, Navoi provides theoretical information about some of the literary and mystical symbols. Key words: sufism, may, asceticism, knowledgeable one. Аннотация: в данной статье с целью помочь ученикам понять духовный мир султана воображаемого царства Навои, предоставляется теоретическая информация о некоторых литературных и суфийских символах. Ключевые слова: тасаввуф, май, зухд, ориф. Ishq agar komildurur, oshiq qilur ma’shuqni, Yo‘qsa nechun ayladi Mahmudqa qulluq Аyoz. Payg‘ambar Oyshaning oyoqlarini o‘pardi va yuzlarini yuziga surkardi va Oysha roziyallohu anho uning yuzida o‘zini ko‘rardi va ajablanardi. Payg‘ambar alayhissalom bir necha kun uning yuziga boqmadi. Oysha bu darddan (qiynalib), Xudoga nola qildi. Payg‘ambar alayhissalomga farmon keldikim: “Oyshaning oldiga borg‘il” deb. Mustafo sollallohu alayhi vasallam Oysha oldiga uzr so‘rab keldilar, uning qo‘l-oyoqlarini o‘pib dedilar: “Ey, Oysha, sening shakl-u shamoyiling, jism-u vujudingni sevganim uchun qo‘l-oyoqlarimni o‘pyapti deb o‘ylama. Yo‘q, men senda Haqni ko‘rganim uchun seni o‘pyapman, sening chehrangda Do‘stning yuzini ko‘raman va sening qorong‘i tanang to‘nida Tangri taoloning ravshan Nurini ko‘raman va shuning uchun azal-u abad Haqning sajdasini ado etaman. Sening bir necha kunlik moddiy (foniy) tanangni tavof qilayotganim yo‘q. Bundan keyin sen o‘zingni emas, balki Xudoni ko‘rmog‘ing kerak...” – dedilar. Yoxud: Tangri Odamni loydan bunyod etib, uning vujudini O‘z nurining qadahiga aylantirdi va Iblisni hamda boshqa farishtalarni sinash uchun “Odamni sajda qiling”, deb buyurdi. Ul Nurga oshno bo‘lgan va ma’rifatlari o‘zlari sig‘inib kelgan nurdan bo‘lganlar ushbu qadah – mazhar ga sajda qildilar... Yuqoridagi hadislardan ko‘rinadiki, Oysha onamiz Muhammad alayhissalom uchun, Odam Sofiyulloh jussasi esa insonlar uchun Husni mutloq jamolini aks ettiruvchi mazhar – ko‘zgu (mir’ot) bo‘lganlar. Shu ma’noda olamdagi barcha ashyolar ilohiy zuhurot o‘z aksini topgan tajalli oynasidir. May so‘zi va uning ma’nodoshlari asar matnida ikki xil ichimlik ma’nosini anglatadi. May surat, zohiriy yoxud majoziy ma’noda aqlni mag‘lubiyatga olib kelib oqibatni ko‘ra olmaydigan nodonlik va g‘aflat “tafakkur”iga boshlovchi, kibr-u havo tufayli xorligu razolat, g‘aflatning eng tuban darajasi – uyatsizlikka yetaklovchi ichimlik (alkogol)ni bildiradi. U siyrat, botiniy va haqiqiy ma’noda Haqiqat ma’rifati, unga bo‘lgan ishq-u muhabbat va uni shuuriy idrok qilingandagi lazzatni bildiradi. Bunda may so‘zi mazmunan “haqiqat mayi”, “fano mayi”, “baqo mayi”, “vasl mayi”, “vahdat mayi”, “tavhid mayi”, “ishq mayi” degan iboralarga teng keladi. “Haqiqat mayi”, “baqo mayi” deyilsa, o‘xshatish (tashbeh) yuzaga keladi. Iborani qisqartirib “may” deyilsa, istiora yuzaga keladi. Zohid, senga – hur, menga – janona kerak, Jannat senga bo‘lsun, menga – mayxona kerak. Mayxona aro soqiyu paymona kerak, Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak. Jomiy “Lavoime’” asarida may (majoziy, alkogol) bilan Muhabbat ishq o‘rtasidagi 10 ta o‘xshashlikni keltiradi. 1. May o‘zining asliy o‘rni bo‘lmish xum ichidan o‘zganing ta’sirisiz o‘z-o‘zidan qaynab o‘zini ko‘rsatishga harakat qilganidek, oshiqlar ko‘nglidagi 1 Boshi o‘tgan sonlarda 2025-yil 12-son e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com Dolzarb mavzu 12 yashirin ishq ham tashqi bir sababsiz g‘alayon qilib zuhr etishga intiladi. 2. May o‘z zoti haddida muayyan bir shaklga ega emas, qaysi idishga quyilsa, shu idishning ichki shaklini oladi. Xuddi shu singari ishq aslan mutlaq bo‘lib, uning zuhuri muhab