Detektiv adabiyot jozibasi: syujet dinamikasi va inson psixologiyasining badiiy tahlili 4 - b e t O‘zbek xalq maqollarida “mehmondo‘stlik” konseptinining ifodalanishi 69 - b e t Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatishda etnopedagogik yondashuvni qo‘llash metodikasi 153 - b e t Формирование стилистической компетенции у студентов-филологов 145 - b e t Ushbu sonda НАУЧНОМЕТОДИЧЕСКИЙ ЭЛЕКТРОННЫЙ ЖУРНАЛ МИНИСТЕРСТВА ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKA ФИЛОЛОГИЯ И ПЕДАГОГИКА SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL ELECTRONIC JOURNAL OF THE MINISTRY OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 2025-yil 6 (10)-son PHILOLOGY AND PEDAGOGY O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNALI “Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan e-ISSN 3060-4885 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashr. 10.00.00 – FILOLOGIYA Baxtiyor Mengliyev Toshkent Amaliy fanlar universiteti tadqiqotchi-professori, �ilologiya fanlari doktori Baxtiyor Doniyorov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon �iliali professori, �ilologiya fanlari doktori Аnatoliy Lixodziyevskiy O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, �ilologiya fanlari doktori Оksana Gibraltarskaya O‘zbekiston Milliy universiteti professori, �ilologiya fanlari doktori Sherzod Atamuradov �ilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ranusha Atayeva O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchisi, �ilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mohichexra Boltayeva O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax �iliali dotsenti, pedagogika fanlari doktori MAS’UL MUHARRIR Shahobiddin Rasulov MUHARRIRLAR: Emma Torosyan Nargis Bobоdjanova Nargiza Sotvoldiyeva Muxlisa Do‘stmuhamedova SAHIFALOVCHI Gulnoza Valiyeva Tahririyat manzili: 100011, Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi 30-uy. Telefon: (55) 510-28-44, (77) 358-57-67 e-mail: til_adabiyot@umail.uz veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz Materiallar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi. Elektron jurnal 25.06.2025 da nashr etildi. MUASSIS O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Til va adabiyot ta’limi” davlat korxonasi 13.00.00 – PEDAGOGIKA Qozoqboy Yo‘ldoshev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Gulnora Mansurova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, falsafa fanlari doktori Xadicha Muxitdinova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori G‘o�ir Hamroyev Toshkent Amaliy fanlar universiteti tadqiqotchi-professori, pedagogika fanlari doktori Sevara Ziyayeva O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, �ilologiya fanlari doktori Indira Narkulova O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori TAHRIR HAY’ATI: Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farhod Boqiyev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Farrux Jabborov “Til va adabiyot ta’limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali bosh muharriri НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЙ ЭЛЕКТРОННЫЙ ЖУРНАЛ МИНИСТЕРСТВА ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKA ФИЛОЛОГИЯ И ПЕДАГОГИКА SCIENTIFIC-METHODOLOGICAL ELECTRONIC JOURNAL OF THE MINISTRY OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 2025-yil 6 (10)-son PHILOLOGY AND PEDAGOGY O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGINING ILMIY-METODIK ELEKTRON JURNALI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 19-avgustda 360240-raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. e-ISSN 3060-4885 2 t.me/TAT_jurnal 2025-yil 6-son M U N D A R I J A 10.00.00 – FILOLOGIYA Firuz Soliyev. Detektiv adabiyot jozibasi: syujet dinamikasi va inson psixologiyasining badiiy tahlili..............................................................................4 Sayyora Halimova. Milliy matbuot – millatning tili, bosh islohotchisi .............................................................................................................................................6 Ikromjon Xabibjonov. O‘zbek tilida iqtisodiyotga oid terminlarning jarayon o‘xshashligi asosida yuzaga kelish mexanizmlari ..........................8 Dilnoza Xamroyeva. Abdulla Sher ijodida badiiy san’atlarning o‘rni...............................................................................................................................................10 Sohiba Ro‘zmetova. Ingliz va o‘zbek adabiyotida uyg‘onish davri (Alisher Navoiy, Shekspir va Chauser ijodi misolida) ........................................11 Oygul Axmedova. Turkiston viloyati Qarnoq qishlog‘ida yashovchi mahalliy o‘zbeklarning xalq og‘zaki ijodi ..........................................................13 Mubina Abbosova. Bobur – bunyodkor va ma’rifatparvar shaxs.......................................................................................................................................................15 Farruxbek Olim. XV asr madaniy muhiti va zamon ijodkorlarining Alisher Navoiy faoliyatida tutgan o‘rni .................................................................17 Dilorom Karimova. The investigation of the issues surrounding life and death in Uzbek literature ..............................................................................19 Ra’no Aliqulova. Saida Zunnunova she’riyatida lirik kechinmalar talqini .....................................................................................................................................21 Вазира Раббимкулова. Графический образ иноязычного слова в современных русских текстах ............................................................................22 Гульнора Мансурова, Нафиса Игамназарова. Пушкин – гениальный поэт, философ и переводчик (к 226-летию со дня рождения) ... 24 Арзайым Ибрагимова. Фоностилистика: речевая динамика и звуковая вариативность в зависимости от индивидуальных особенностей ....................................................................................................................................................................................................................26 Нигора Кулдошева. Сравнительный анализ учебно-научной лексики английского и узбекского языков: семантика, стиль, статистика и интерференция ....................................................................................................................................................................................28 Марвар Шарафутдинова. Влияние жизни на поэзию Анны Ахматовой и Зульфии в контексте женской поэзии ............................................ 30 Дильбар Раджабова. Хронотоп дороги в романе А.Волоса «Возвращение в Панджруд» ...........................................................................................32 Нуржамал Сапарова. Номинацентрические пословицы как средство межкультурного обучения в системе преподавания русского и казахского языков ........................................................................................................................................................................................35 Диана Шарапова. Природа как выражение внутреннего мира лирического героя в художественном пространстве М.Цветаевой ....37 Шахло Эшниёзова. Поколение шестидесятников и его влияние на эволюцию литературных направлений во второй половине XX– начале XXI века ...............................................................................................................................................................................................38 Iqbol Koziyeva, Lyanora Qo‘yliboyeva. Abdulla Qahhorning “Bemor” asaridagi turdosh otlarning etimologik tahlili .............................................41 Gulfuza Madirimova. Alisher Navoiyning “Badoye ul-bidoya” devonidagi muraddaf g‘azallar tasnifi .............................................................................42 Mamlakat Mamadaliyeva. Omonulla Madayev qarashlarida maqollarning badiiy va didaktik ahamiyati ....................................................................44 Malohat Jalaldinova. Inson ruhiyatida psixologik realizmning badiiy talqini ............................................................................................................................46 Marjona Toshpo‘latova. Talmeh san’ati va u haqdagi nazariy fi krlar tadqiqi ...............................................................................................................................49 Gulinor Xolmurotova. Ulug‘bek Hamdamning “Isyon va itoat” romanida ustoz obrazining badiiy talqini ....................................................................51 Mubina Abbosova. Zahiriddin Muhammad Bobur fenomeni .............................................................................................................................................................52 Munisa Abduazizova. O‘zbek tilida “keksalik” va “yoshlik” konseptlarining lingvomadaniy voqelanishi ........................................................................54 Shamsiya Atoyeva. “Majolis un-nafois” va “Hasht behisht” tazkiralarida davr sultonlari vasfi ............................................................................................56 Naziraxon Murodova. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida metaforik enantiosemiya...........................................................................................................................58 Munisa Xodjayeva. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida frazeologik pragmalingvistikaning leksik-semantik xususiyatlari .......59 Shahnoza Xo‘janiyazova, Gulbahor Umarova. Alisher Navoiyning manoqib asarlarida oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi semalar ..................61 Bobir Maxammadov. Turk tilidagi Microsoft Windows operatsion tizimi terminlarining semantik xususiyatlari......................................................63 Furqat Alimardonov. Huquqiy mavzularni yoritishda bloglar va rasmiy saytlar uslubidagi farqlar .................................................................................65 Dildora Saidova. Cho‘lpon lirikasida xalqchillik va tabiat uyg‘unligining aks etishi ...............................................................................................................67 Iroda Usmonova. O‘zbek xalq maqollarida “mehmondo‘stlik” konseptinining ifodalanishi..................................................................................................69 Marjonabonu Ibroximova. Qahramonlik dostonlarida epik diffuziya.............................................................................................................................................71 Bahora Avazberdiyeva. Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasidagi so‘zlarning lingvopoetik xususiyatlari.........................................74 Saida Kadirova. Termalarning mavzu qamrovi va ijtimoiylashuv jarayonlari .............................................................................................................................76 Dildora Ibragimova. Isajon Sultonning “Robiya Balxiy” qissasida tarixga yondashuv tamoyillari ....................................................................................78 Gulmira Ravshonbekova. Abdulla Oripov nazmida ishqqa falsafi y munosabat va muhabbat tasviri ..............................................................................80 Shaxnoza Qarshiyeva. O‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning qiyosiy etimologiyаsi ..................................................................................82 Shoira Xadjiyeva. Chet tilini o‘rganishda konseptual metaforaning ahamiyati .........................................................................................................................84 Marg‘uba Abdullayeva. Davr asarlarida boburiy malikalar..................................................................................................................................................................87 www.tilvaadabiyot.uz 3 2025-yil 6-son Ra’no Uzoqboyeva. Ingliz tilida arabizmlarning frazeologik sathda qo‘llanishi ........................................................................................................................90 Liliya Komilova. Ethical literary criticism as a separate method of interpreting literature, in the example of a work by Jodi Picoult (“My sister’s keeper”) ..............................................................................................................................................................................................................92 Dilora Akhmedova, Umida Tagayeva, Doston Pirnazarov. Exploring cultural differences in British and American English communication styles.........................................................................................................................................................................................................................93 Gulnoz Sadullaeva. Surrealism in children’s literature: imagination, emotionality, and psychological growth .........................................................96 13.00.00 – PEDAGOGIKA Xurshid Asrorov, Nargiza Asrorova. Ta’lim natijalari (Learning Outcomes)ga asoslangan xalqaro baholash dasturlarining didaktik imkoniyatlari............................................................................................................................................................................................................99 Sherjaxon Abdufatayev. O‘quvchilarda kompetensiyalarni rivojlantirishga innovatsion yondashuv............................................................................101 Madina Malikova. O‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini oshirishda hamkorlikdagi ta’lim texnologiyalari (ingliz tili misolida)..................104 Xurshid Asrorov. Kompetensiyaviy yondashuv va о‘quvchilarning bilimini baholash ..........................................................................................................106 Shokhsanam Usmanova. “Google classroom” platformasining yozma ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni: afzalliklar va cheklovlar........108 Munisa Tursunova. Pragmatic failures in efl learners’ argumentation literacy and implications for pedagogy ......................................................111 Muhаmmаd Ziyаtоv. Pedagogical technologies for using stretching-static exercises to develop fl exibility in preschool children ..............112 Nargiza Sodiqova. The role of proverbs in developing cross-cultural competence among young learners .............................................................114 Shohsanam Turg‘unova. Anxiety affects language acquisition among University EFL students .................................................................................... 117 Shakhnoza Murakayeva. Facilitating cross-cultural communication in english by developing vocabulary through blended learning approaches and adaptive digital technologies ................................................................................................................................................119 Husniya Raximova. Zulfi yaxonim – mehr-muhabbat va sadoqat timsoli .................................................................................................................................124 Oydin Mo‘minova. Talabalarning o‘zbek tili darslarida taqdimotdan foydalanishi................................................................................................................126 Muzaffar Muratov. Pedagogik yondashuv: sport gimnastikasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari estetik tarbiyasidagi o‘rni ...........................128 Qarshiboy Sattarov. Sportning yengil atletika turlari orqali jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish metodlari..................................................130 Ilhom Normaxmatov. Zamonaviy ta’limda jismoniy tarbiya fani orqali o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish metodlari ........................132 Zulayho Negmatova. Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish ..................................................................................................133 Малика Абдуллаева, Жамиля Бекманова. Социальная адаптация детей с расстройствами аутистического спектра ................................136 Барно Атаджанова. Использование технологии STEAM в обучении русскому языку в техническом вузе .....................................................138 Альфия Галямова. Невербальные компоненты вербальной агрессии .................................................................................................................................139 Малика Зафарова. Об основных аспектах развития видов речевой деятельности студентов на занятиях по английскому языку ....141 Ирина Морозова. Реализация воспитательного процесса на занятиях в высших образовательных учреждениях ....................................143 Елена Лагай. Формирование стилистической компетенции у студентов-филологов ...................................................................................................145 Гулжахан Туребекова. Математическое развитие как важное направление развития детей дошкольного возраста ................................147 Назокат Файзуллаева. Современные педагогические технологии на занятиях по английскому языку в военно-академических лицеях РУз .....................................................................................................................................................................................................149 Феруза Худайкулова. Подвижные игры на свежем воздухе для детей дошкольного возраста .............................................................................151 Zulayho Negmatova. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatishda etnopedagogik yondashuvni qo‘llash metodikasi..........................................153 Shuhrat Axmedjanov. Jismoniy tarbiya va pedagogikaning uyg‘unligi (voleybol o‘yini misolida)..................................................................................155 Shaxodat Obidova. 8–9-sinf o‘quvchilari uchun tanqidiy o‘qish materiallarini tanlash tamoyillari ..............................................................................157 4 t.me/TAT_jurnal 2025-yil 6-son 10.00.00 – FILOLOGIYA Firuz SOLIYEV, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” markazi kafedra boshlig‘i DETEKTIV ADABIYOT JOZIBASI: SYUJET DINAMIKASI VA INSON PSIXOLOGIYASINING BADIIY TAHLILI Annotatsiya . Detektiv janrning badiiy adabiyotda tutgan o‘rni haqida turli fi kr va qarashlar mavjud. Ushbu maqolada bu turdagi asarlarning o‘ziga xosligi va badiiy xususiyatlarini tahlil qilish asosida janrga bo‘lgan munosabat hamda o‘quvchilar orasida ommabopligining sabablari aniqlanadi. Kalit so‘zlar : janr, tergov, syujet, tasvirlash usuli, ijtimoiy muammolar, jumboq, badiiy ifoda. Annotation . There are various opinions and perspectives on the role of the detective genre in literature. The article identifi es attitude towards the genre and the reasons for its popularity among readers based on the analysis of genre specifi cs and its artistic features. Keywords : genre, investigation, plot, method of depiction, social problems, riddle, artistic expression. Аннотация . Существуют различные мнения и точки зрения на роль детективного жанра в художественной литературе. В данной статье на основе анализа специфики и художественных особенностей произведений данного типа определены отно- шение к жанру, а также причины его популярности среди читателей. Ключевые слова : жанр, расследование, сюжет, метод изображения, социальные проблемы, загадка, художественное выра- жение. Adabiy tafakkur taraqqiyoti davomida badiiy meros va qadriyatlarni qayta baholash, badiiy asarlarni yaratishdagi yondashuv va uslublar muntazam ravishda takomillashib boradi. Adabiy taraqqiyot jarayoni ham uzluksiz ravishda yangilanish, estetik mezonlarning o‘zgarishi va badiiy tafakkurda yuzaga kelayotgan yangi tendensiyalar bilan boyib boradi. Adabiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan adabiy janrlar ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchraydi. Kompozitsion qurilish, badiiy tasvir tamoyillari, bayon qilish, ifoda vosita va usullari hamda hayotiy qamrov chegaralarining takomillashuvi va kengayishi natijasida yangi adabiy janr yuzaga keladi. Bunga detektiv janrning rivojlanish tarixi yorqin misol bo‘la oladi. Detektiv janr shakllanish tarixi mobaynida adabiyotshunoslarning ko‘plab bahs va munozaralariga sabab bo‘lgan. Xususan, adabiyot va madaniyatda tutgan o‘rni va salmog‘i borasidagi qarashlar mavhumligicha qolmoqda. G.Anjaparidzega ko‘ra, “Detektiv janrning madaniyatda o‘z egallagan o‘rni bo‘lib, boshqa hech qanday adabiyot uning o‘rnini bosishga qodir emas” [1: 279]. Yana bir mashhur olim Frimanning ta’biricha, “Detektiv janr hikoyalari realistik mafkura bilan sug‘orilgan bo‘lib, unda har bir hodisa yagona ma’no kasb etadi va syujet manzarasida ma’no tebranishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha, asar yakunlangani sari ma’no tobora oydinlashib boraveradi” [2: 28]. Detektiv janr va unga asos solinishida biz Viktoriya davriga xos ingliz madaniyati, turmush tarzi, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar tasviriga duch kelamiz. Gavjum shahar aholisi orasida tartibsizlik va ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal qilish uchun Londonda tashkil qilingan politsiya mahkamasi va mustaqil faoliyat yurituvchi shaxsiy izquvarlar siymosi janrning markaziy g‘oyasi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga sanoat inqilobi va kishilar orasida iqtisodiy muammolar fonida shakllangan ziddiyat, jinoyat, kelishmovchilik va tartibsizliklar detektiv hikoya mantiqiy rivojiga turtki bo‘ldi [3: 7]. Ma’lumki, Viktoriya davrida jamiyatning turmush tarzi, fan va texnologiyaga qiziqishi, jinoyat va qonunbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarning gazeta sahifalarida keng yoritilishi natijasida, g‘ayrioddiy jinoyatlar ommaning e’tiborini tortdi. Bu holat asta-sekin xalq orasida mashhur bo‘lgan alohida badiiy janrning shakllanishiga zamin yaratdi. Detektiv janrning adabiyotga kirib kelishida ingliz ijodkori G.Chesterton muhim o‘rin egallaydi. Uning asarlarida sirli jinoyatlarni tergov qiluvchi o‘ziga xos badiiy qahramon – ruhoniy-izquvar Braun ota obrazi janrning shakllanishiga turtki bo‘ldi [4: 16]. Ushbu janr asrlar davomida kitobxonlarning sevimli adabiy yo‘nalishi bo‘lish bilan bir qatorda, zamon bilan hamnafas tarzda o‘zgarib turishi, ammo o‘zining asl mohiyati – sirlilik, g‘ayritabiiylik va mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan mazmunini saqlab qolgan. Ushbu adabiy janrning ommalashuviga qator omillar sabab bo‘lgan. Asosiysi, jinoyat tushunchasi va uning oqibatlari hisoblanadi. Jinoyat, uning tarkibi va ishtirokchilari hamda jumboqni oshkor qilish jarayonining badiiy va adabiy talqini kitobxonlarga haqqoniy jinoyat manzarasini to‘laqonli anglash va o‘zini tergovchi sifatida his qilish imkonini beradi. Natijada o‘quvchi sirli va sarguzashtlarga boy voqealar zanjiri qurshovida qoladi. “Detektiv hikoyaning yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, sodir bo‘layotgan voqealar tartibi va shartlari o‘quvchiga ma’lum qilinmaydi. Kitobxon bilishi kerak bo‘lgan barcha tafsilotlar asar yakunida taqdim etiladi. Aynan shu sabab detektiv janr o‘quvchisi asar qahramonlari va muallif bilan birga butun tergov jarayonida o‘z aqliy tafakkuri va mantiqiy mulohazasini ishga solib sirli jumboqni yechishga jalb qilinadi” [5: 244]. O‘qish jarayonining har bir bosqichida kitobxonda o‘z taxmin va xulosalarini taqdim etish, faktlarni o‘zicha tahlil qilish, shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon qilish imkoniyati tug‘iladi. Shu tariqa mantiqiy tahlilga asoslangan murakkab syujet va www.tilvaadabiyot.uz 5 2025-yil 6-son 10.00.00 – FILOLOGIYA sirli voqealar orqali o‘quvchini fikrlash jarayoniga faol jalb etish detektiv janrning asosiy estetik mezonlaridan biri sifatida qaraladi hamda uning keng ommaga tarqalishida muhim rol o‘ynaydi. Detektiv janrda jinoyat motivining jozibasi uning kam uchrashi va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga nisbatan qo‘rquv hissi bilan uyg‘unlashadi. Qonun ustuvorligi va jinoyatga jazoning muqarrarligi o‘quvchining asarga qiziqishini kuchaytiradi. Syujetdagi chigallik, mantiqiy tahlil, kutilmagan yechimlar janrning estetik jozibasini ta’minlaydi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan, detektiv asarlar adolat g‘oyasini ilgari suradi hamda izquvar obrazini intellektual salohiyat va axloqiy ustunlik timsoli sifatida taqdim etadi. Shunga qaramasdan, ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, janrning mashhurligi syujetda aks ettirilgan jinoyat va uning oshkor qilinishi bilan deyarli bog‘liq emas, aksincha, asar nufuziga ko‘proq ijodkorning syujetni rangli va bo‘yoqdor qilib tasvirlashi va ifodalash uslubi hamda uni hikoya qilish mohiyati ta’sir ko‘rsatadi. Detektiv asarlarning mashhurligi sabablaridan biri ham matnda qo‘llanilgan tilning ishonarli, ta’sirchan va haqqoniyligi hamda o‘quvchiga chuqur ruhiy va emotsional ta’sir qilishi bilan belgilanadi [6: 5]. Ushbu sirlilik ustuvor bo‘lgan janrning abadiy mashhurligi o‘quvchilarni detektiv asarlarni qayta-qayta o‘qishga majbur qiladigan bir qator sabablar bilan izohlanadi. Kitobxonlarda jumboqni yengishga intilish, ichki qo‘rquvni yengish, aybdorlik tuyg‘usini yengillashtirish, gunohkorlik tuyg‘usidan poklanish zarurati hamda detektivning hissiyotlarini jilovlash vositasi sifatida keng joriy qilinishi psixologik zarurat sanaladi [7: 77]. Detektiv janr nafaqat badiiy hordiq manbayi, balki kitobxon uchun ijtimoiy- madaniy ozuqa sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Bu yo‘nalishdagi asarlarda jumboqlarni intellektual yo‘l bilan hal qilish, qahramonlarga baho berish, shahar hayotidagi ijtimoiy munosabatlarni kuzatish va syujet yakunini taxmin qilish kabi ehtiyojlar kitobxon tafakkurini faollashtiradi. Natijada janrning ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va estetik imkoniyatlari ijtimoiy bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi. Janrning betakror jihatlaridan yana biri asar qahramoni tasviri va shaxsiyati hisoblanadi [8: 449]. Personajlar izquvar-tergovchi, jinoyatchi-qonunbuzar va jabrlanuvchiga bo‘linadi. Ushbu badiiy unsur asarning mavqeyi, o‘qishliligi va badiiy teranligiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Misol uchun, Jon Kaveltining “Agar muallif o‘z his-tuyg‘u va kechinmalarini detektiv qahramonlari bilan bog‘lay olmasa, asarning hissiy ta’siri va badiiy ahamiyati yo‘qoladi” [9: 103] degan so‘zlari o‘rinlidir. Demak, o‘quvchi va asar qahramoni o‘rtasidagi bog‘liqlik hikoyaning ruhiy va emotsional ta’sir kuchini belgilab beradi. Artur Konan Doylning jinoiy sir va murakkab jumboqlarni mantiqiy tahlil va aqliy tafakkur yordamida yechishga tayanadigan mohir izquvar – Sherlok Xolms obrazi ingliz ommaviy madaniyati va ijtimoiy jabhalariga chuqur kirib borgani janrning ommabopligi sababidir. Ushbu klassik detektiv qahramon yuqori intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jinoyatni fosh qilish mahorati bilan mukammal izquvar namunasiga aylandi. Asar detektiv romanlarning keng tarqalishiga katta hissa qo‘shdi. Sherlok Xolms ramziy personaji yillar davomida rivojlanishi va o‘zgarib, Amerika ommaviy madaniyatiga singib bordi hamda jamiyat taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazdi. “Google” tarmog‘ida Sherlok Xolms nomiga 2500 mingdan ortiq havolalar borligi aniqlangan. Internet ma’lumotlar bazasida esa A.K.Doyl yozmagan, ammo Sherlok Xolms haqidagi 20 mingdan ortiq kitob va turli hikoyalar bor. Ushbu hikoyalar to‘plami 130 dan ziyod tillarga tarjima qilinib, qariyb dunyoning barcha davlatlariga yetib bordi. Bu qahramon nafaqat badiiy san’at va adabiyot, balki shaharsozlik, turizm, rassomchilik, tijoriy mahsulotlar reklamasi, hatto harbiy anjomlar ishlab chiqarish sohalariga ham kirib bordi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, detektiv janr madaniy va ijtimoiy sohalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan adabiy yo‘nalish ekanini e’tirof etishimiz jmumkin. Biz maqolada snab o‘tgan omillar tufayli janr ommaviylashib, kitobxonlar hamda adabiyotshunoslarning e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Анджапаридзе Г. Жестокость канона и вечная новизна // Как сделать детектив? / пер. с англ., франц., нем., исп.; сост. А.Строев; ред. Н.Португимова .– Москва: Радуга, 1990. – С. 279–292. 2. Фримен Р.О. Искусство детектива // Как сделать детектив? / пер. с англ., франц., нем., исп.; сост. А.Строев; ред. Н.Португимова – Москва: Радуга, 1990. – С. 28–37. 3. Прохорова Н.И. История детектива до мейнстрима и далее,. Духовно-нравственные проблемы детективов XIX–XXI веков // Литературная газета, 2016, No5. 4. Честертон Г.К. В защиту детективной литературы / Г. Честертон // Как сделать детектив / пер. с англ., франц., нем., исп.; сост. А. Строев; ред. Н. Португимова – Москва: Радуга, 1990. 5. Вулис А. Поэтика детектива // Новый мир, No1, 1978. 6. Rushing Robert A. Resisting Arrest: Detective Fiction and Popular Culture. Other Press, 2007. 7. Нокс Р. Десять заповедей детективного романа / Р. Нокс // Как сделать детектив. – М.: Радуга, 1990. 8. Моэм У.С. Упадок и разрушение детектива // Моэм У. С. Собр. соч.: в 5 т. М.: Художественная литература, 1994. 9. Cawelti J. The Study of Literary Formulas. Detective Fiction: A Collection of Critical Essays, edited by Robin W. Winks, Prentice-Hall, Inc., 1980. 6 t.me/TAT_jurnal 2025-yil 6-son 10.00.00 – FILOLOGIYA Sayyora HALIMOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, fi lologiya fanlari nomzodi MILLIY MATBUOT – MILLATNING TILI, BOSH ISLOHOTCHISI Annotatsiya . Mazkur ilmiy maqolada jadid publitsistlari – Rauf Muzaffarzoda, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin, Said Rizo Alizodaning milliy matbuot xususidagi qarashlari tahlil etilgan. Matbuot tili, matbuot erkinligi va so‘zning bugungi kundagi holati haqida fi kr yuritilgan. Kalit so‘zlar : imlo, umumdarsxona, lison, matbuot, islohot, xabar. Annotation . This scientific article analyzes the views of Jadid publicists - Rauf Muzaffarzoda, Ashurali Zohiri, Haji Muin, Said Rizo Alizoda on the national press. The current state of the press language, freedom of speech, and the press are discussed. Keywords : spelling, general classroom, language, press, reform, news. Аннотация . В данной статье анализируются взгляды джадидских публицистов Рауфа Музаффарзаде, Ашурали Зохири, Хад- жи Муина, Саида Ризо Ализаде на национальную прессу. Обсуждается текущее состояние языка печатных СМИ, свободы слова и печати. Ключевые слова : орфография, общий класс, язык, пресса, реформа, новости. Matbuot – jamiyat tafakkuriga tez ta’sir etuvchi, ijtimoiy fikr uyg‘otuvchi minbar. Asrlar o‘tsa-da, uning jamiyat oldidagi muhim vazifalari o‘z ahamiyatini aslo yo‘qotgani yo‘q. XV asrda Iogann Gutenberg kashfiyoti tufayli Yevropada dastlabki davriy nashrlar yuzaga kelgan edi. Bugungi texnika va axborot asrida ham bosma nashrlar o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda. Ammo mamlakatimizda gazetalar faoliyati, ularning ommaviyligi masalasida muammolar bor. Aksariyat yoshlar gazetxonlik madaniyatidan yiroqlashib boryapti. Aslida bu madaniyat insonlarning savodxon, chuqur mushohadali bo‘lishiga katta yordam beradi. Shu bois, XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan milliy uyg‘onish davri publisistlari milliy matbuot masalasiga doir ilg‘or qarashlari bilan omma tafakkurini yuksaltirishga harakat qildilar. Ular matbuotga xabar beruvchi vosita sifatidagina emas, millatning tili, umumdarsxonasi sifatida “millatda bo‘lg‘on butun qusurlarni... biturmak va har xususda zamonga muvofi q islohot choralarin ko‘rmak uchun nashr qilinadur” [1], deb katta ijtimoiy kuch sifatida baho berganlar. Haqiqatan, ma’rifatli xalqning madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligi gazetalarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar o‘z imiji va madaniyati, xalqining savodxonlik darajasini ko‘rsatish uchun gazetalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratadi. Ular uchun gazetxonlik – ziyolilik belgisi. Jadid matbuotining faol publitsistlaridan Rauf Muzaffarzoda 1914-yili “Sadoi Turkiston” gazetasida chiqqan “Milliy hayot va Turkiston musulmonlari” maqolasida: “...milliy matbuot o‘zining vazifasini ado qila olmagani sababli milliy va madaniy bo‘lg‘on islohotlarni faoliyatga chiqara olmaydir” [2] deya matbuot zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Boisi, XX asr boshlarida Turkiston chor Rossiyasining mustabidlik zulmidan aziyat chekardi. Ilk milliy nashrlarimiz – “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Osiyo” va “Tujjor” chor hukumatining qattiq senzurasi ostida yopib yuboriladi. Mamlakatda ruslashtirish siyosati avj olgan, rus tili davlat tili sifatida e’lon qilingan edi. Buning oqibatida tilimizda juda ko‘p ruscha so‘zlar zaruratsiz qo‘llanar, bu esa milliy tilning sofligiga zarar yetkazardi. Shuning uchun matbuotda turkiy so‘zlar o‘rniga arabcha, forscha, ruscha so‘zlar ko‘p qo‘llangan. Bundan tashvishga tushgan muallif “So‘zlaganda, yozganda ajnabiy so‘zlarni aralashtirish bu – jaholatdur... Ona tilisiz va milliy matbuotsiz dunyoda hech bir millat taraqqiy va madaniyat yo‘liga qadam qo‘ymaydi” [3] degan fikrni ilgari suradi. U “Bizda ziyolilar va milliy matbuot” sarlavhali maqolasida ham jiddiy muammolarni ko‘targan: “Millat ifrodini oqartirish maktab, ta’lim va tarbiya usullari ila boshlanur... Millatda himmat ahllari va ziyolilar ko‘payturmak uchun ikki yo‘l bor. Biri milliy matbuotni taraqqiy etdirmak, ikkinchisi yoshlarimizni muntazam ilm o‘ylarig‘a kirg‘uzmakdir” [4]. R.Muzaffarzoda matbuotni yoshlarda shijoat ruhini uyg‘otadigan asosiy vosita deb biladi: “Bunga matbuotdan boshqa hech bir quvvatli va ta’sirli iloj topilmas. Xalqimiz orasida oq fikrli va maorifparvar zotlar hozirlamak va bu soyada millatimizning moddiy va ma’naviy yordamiga yetishmoq uchun eng muhim va umidli chora milliy matbuotdir” [5]. Bunday qarash o‘z davri uchun nechog‘li to‘g‘ri bo‘lsa, bugungi kun uchun ham shunchalik ahamiyatlidir. Publitsist yana bir muhim g‘oya – matbuotni qanday rivojlantirish mumkinligini tushuntirib beradi. Ya’ni gazetalar rivoji uchun boylar sarmoyasi, muharrirlar qalami, aholining e’tibori juda muhimligini alohida qayd etadi. Bu masalaga turkistonliklarning e’tiborsizligi muallifni tashvishga soladi. Shuning uchun ham “Sadoi Turkiston” gazetasining 47-sonida “Hurmatlu vakil va mushtariylarimizg‘a murojaat” [6] sarlavhali tahririyat maqolasi e’lon qilingan. Unda “Sadoi Turkiston”ning moddiy mushkulotlari ochiq bayon qilingan. Gazeta o‘z davrining nufuzli nashri bo‘lsa-da, 1000 tagina obunachisi bo‘lgan. Shuning uchun tahririyat xalqqa murojaat qilib: “Matbuot – millatning oynasidur. Binoan alayha, millatning butun hayoti majmuasi matbuotida in’ikos etar. Biz o‘zimizning nuqsonlarimizni yozmasak va ko‘rsatmasak qachon isloh etilurmiz va qachon taraqqiy qilurmiz?” – deya masalani keskin qo‘yadi va yoshlarni faol bo‘lishga chaqiradi. www.tilvaadabiyot.uz 7 2025-yil 6-son 10.00.00 – FILOLOGIYA Jadid ziyolilari nazarida matbuot – millatning tili. “Tili bo‘lmagan bir kishining holi, qanday fano va mushkul bo‘lsa, matbuotsiz bir millat ham shunday fano va mushkul holdadur. Matbuot – ijtimoiy hayotning oyinasidur” [7]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatyaptiki, XX asr boshlarida ham Turkistonda mahalliy xalqning milliy matbuotga e’tibori qoniqarli bo‘lmagan. Bu haqda yirik jadid publitsisti Hoji Muin “Biz Turkistoniylarg‘a g‘azeta o‘qimoq u qadar rasm va taomil emas. Agar g‘azeta o‘qimoqning manfaatini bilsa eduk yoki g‘azeta o‘qub ma’nosig‘a tushunsa eduk, hatto bir nafas o‘lsun g‘azeta mutolaasidan voz kechmas eduk” [8] deb yozadi. Publitsistning matbuotni jamiyatdagi muhim o‘rni xususida yozilgan “Samarqand matbuotining tarixi” maqolasi ham diqqatga sazovor. Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvari “Matbuot bir millatni uyg‘otish uchun birinchi omil bo‘lg‘onidek, uning tarixi ham uyg‘onish davri tarixining muhim bir bo‘lagi sanaladur” [9] deb yozadi. Fikrimizcha, Hoji Muin matbuotni fikr uyg‘otuvchi, millat tarixini yaratuvchi beqiyos bir xazinaga qiyos etmoqda. Samarqand jadidchilik maktabining yana bir yorqin namoyandasi Said Rizo Alizoda esa matbuotni xalqni uyg‘otuvchi, kurashga chorlovchi vosita deb bilgan. U maqolalaridan birida “Muallim va muharrir millatning ikki qo‘lidur” [10: 19] deb yozadi. U “Shu’lai inqilob” jurnalining (1919) 4-sonida chop etilgan “Turkiston – bizning vatanimiz” maqolasida shunday yozadi: “Bizning Vatanimiz taqdiri zulmkor chor hukumati qo‘lida bo‘lganida, Vatanimiz tuprog‘ini kelgindilar toptaganida, nomusi o‘zgalarning qonli changalida azob tortganida, Vatanning jigarni qon qiluvchi nolalari bizga ta’sir qilmasdi” [10: 73]. Bu bilan muallif mustabidlik zulmi odamlardan vatanparlik tuyg‘usini ham tortib olayotganini aytib achinadi. Millat farzandlarini ogohlikka, vatan or- nomusi uchun kurashga chorlaydi. Maqola davomida “Shu yerning ob-havosidan bahramand bo‘lub kamol topsang-u, uning sharafi ni himoya qilmasang, oyoqosti bo‘lishiga, qadrlanishiga yo‘l qo‘ysang... Sen bu Vatanning nomusli va sodiq farzandi emassan” [10] deb qat’iy xulosa qiladi. Bugun matbuotimizda kechayotgan muammolarga sarmoyasi bo‘la turib ko‘mak bermayotgan boylarimiz, shijoatsiz yoshlarimiz jadid publitsistlaridan o‘rnak olishsa, go‘zal ish bo‘lar edi. Millat ziyolisi Ashurali Zohiriy ham gazetaning jamiyat va millat taraqqiyotidagi o‘rnini yuksak baholagan: “G‘azeta har bir millatning tarjimoni, tili. G‘azetasiz millat tilsizdur. Zero tili va adabiyoti yo‘qdur. Har kimning dunyoda tiriklik (hayot) turmog‘i uchun havo bilan suv qandog‘ lozum bo‘lsa, har qavmning hayoti va saodati uchun ul millatning matbuoti va adabiyoti bo‘lmog‘i lozim” [11] deb yozadi. “Sadoi Farg‘ona” gazetasining asoschisi, tadbirkor Obidjon Mahmudov “G‘azeta nadur, na uchun lozim?” sarlavhali maqolasida “G‘azeta butun dunyodagi madaniy millatlarning tirikchilik yo‘llari, olamdagi darajalari va ham olami insoniyat eng taraqqiyi taolosi (taraqqiyotining eng cho‘qqisi) uchun lozim bo‘lg‘on say’-harakatlari to‘g‘risida bir-birlari birlan mudovalai afkor uchun lozim bo‘lg‘on bir vositadur” [12] deb yozgandi. U matbuotni taraqqiyot eshiklarini ochguvchi kommunikatsiya vositasi, kuchli siyosiy, ijtimoiy qurol sifatida baholagan. Bugungi kunda qaysi mamlakat tezkor axborotga ega bo‘lsa, dunyoni egallab turibdi. Ma’rifat darg‘asi “vodiy ahlini mudroq holatdan uyg‘otish, dunyoda Vatan , hurriyat , ma’rifat , baxt va saodat degan buyuk qadriyatlar ham borligini aytish, uni shu qadriyatlar bilan oshno etish maqsadida gazeta nashr etib, uni bepul tarqatadi” [13: 65]. Milliy mustaqilligimiz uchun kurashgan jadid publitsistlari, jumladan, Behbudiyning “Taraqqiy qilur ilm va hunarli xalq, oyoq ostida qolur johul nodon xalq”, Cho‘lponning “Ovruponing mo‘dasi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir qul qilodur. Bundan saqlaning!” degan chaqiriqlari, Ashurali Zohiriyning “Har kimning dunyoda tirik turmog‘i uchun havo bilan suv qanday lozim bo‘lsa, har qavmning hayoti va saodati uchun ul millatning matbuoti va adabiyoti bo‘lmog‘i lozim”, deya bong urishlarida millat ovozi, vijdoni, armoni, murakkab vaziyatda ham ertangi yorug‘ kunlarga bo‘lgan katta ishonchi o‘z ifodasini topgan. Bunda